Sog‘liq uchun eng zararli oziq-ovqat mahsulotlari ma'lum qilindi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari inson organizmi uchun eng zararli arzon oziq-ovqatlar ro‘yxatini tuzishdi.
Mutaxassislar arzon kolbasa va sosiskalarni eng zararli deb topishgan. Bu mahsulotlar narxi qancha arzon bo‘lsa, unda go‘sht shuncha kam va zaharli kanserogenlar shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunday mahsulotlar sog‘liqqa jiddiy zarar yetkazishi mumkin.
Ro‘yxatga, shuningdek, arzon yarimfabrikatlar va konservalar kiritilgan. Ta'kidlanishicha, ularga fosfatlar va transyog‘lar qo‘shiladi. Bundan tashqari, konservalangan baliqda arzon materiallardan ishlangan bankaning oksidlanishi oqibatida og‘ir metallar ajralib chiqishi mumkin.
Parhezshunoslar, shuningdek, o‘ta arzon pishloqlarni ham iste'mol qilishni tavsiya qilishmagan. Chunki bunday pishloqlar aksariyat hollarda sutdan emas, balki sog‘liq uchun zararli margarindan tayyorlanadi. Bunday mahsulot esa yurak-tomir tizimiga shikast yetkazishi mumkin.
Mavzuga oid
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
20:23 / 10.12.2024
Yog‘-moy mahsulotlari eksportiga ruxsat berilishi mumkin
11:31 / 18.11.2024
Xitoy O‘zbekistonda oziq-ovqat va asbob-uskunalar ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqyapti
13:41 / 02.11.2024