Lavrov «Skripallar ishi» bo‘yicha Londonning javobi haqida gapirdi
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning aytishicha, Buyuk Britaniya «Skripallar ishi» bo‘yicha surishtiruv o‘tkazishda RF Tergov qo‘mitasining o‘zaro yordam berish borasidagi so‘roviga rad javobi berdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
«Biz Tergov qo‘mitamizning Angliyadagi tegishli tuzilmalarga jinoiy ishlarda o‘zaro yordam berish bo‘yicha kelishuvdan foydalanish zarurati haqida so‘rov jo‘natdik», - deya ma'lum qildi Lavrov RT France, Paris Match va Figaro’ga bergan intervyusida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu bir necha oy oldin sodir bo‘lgan.
«Bir necha kun o‘tib javob keldi, unda milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan Buyuk Britaniya Rossiya Federatsiyasi fuqarolari taqdiri bilan bog‘liq ushbu jinoiy ishda bizga yordam bera olmasligi haqida rasman yozilgan», - deya izohladi Lavrov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Skripallarning zaharlanishi Solsberidagi ko‘chmas mulk bozoriga zarba bergani aytilgandi.
Mavzuga oid
00:10 / 25.12.2024
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
03:11 / 24.12.2024
Britaniya dronlarga qarshi yangi turdagi radiochastotali qurolni sinovdan o‘tkazdi
18:56 / 22.12.2024
Britaniyalik harbiylar ommaviy ravishda armiyadan ketishni boshladi
21:42 / 19.12.2024