Bosh prokuratura: paxta terimidagi talon-tarojliklar fosh qilindi
Departamentning Buxoro viloyati Romitan tuman bo‘limi xodimlari tomonidan Inspektsiyaning Buxoro viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Unda Shofirkon tumanidagi «A» fermer xo‘jaligi traktor haydovchisi T.Q. fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari bilan oldindan til biriktirib, tirkama og‘irligini sun'iy ravishda oshirib, haqiqatda topshirilmagan 1,6 mln. so‘mlik 460 kg. paxtaning ortiqcha hisoblab yozilishiga erishgan.
Shuningdek, tadbirda «A» fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari tirkama og‘irligini sun'iy ravishda oshirish yo‘li bilan 2018 yilgi paxta hosilidan aslida topshirilmagan jami 21,4 mln. so‘mlik 4236 kg. paxta xom ashyosini «Shofirkon paxta tozalash» AJ balansiga noqonuniy o‘tkazganligi aniqlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan «A» fermer xo‘jaligi mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
17:03 / 15.12.2024
Buxoroda haydovchi mast holda avtobus boshqarib, odam tashiyotganda ushlandi
15:29 / 03.12.2024
Buxoro shahrining tarixiy qismida mototsikl va skuter kabilarning harakati cheklandi
11:04 / 02.12.2024
2025 yilda Rossiya shahrida Buxoro madaniyati kunlari o‘tkaziladi
17:27 / 30.11.2024