«O‘zbekiston havo yo‘llari» Moskvaga reyslarni Vnukovoga o‘tkazdi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasi 28 oktabr kuni Vnukovo aeroportiga birinchi reysni amalga oshirdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
MAKning «Vnukovo» aeroportiga yetib kelgan birinchi reysiga Toshkentdan HY-603 ertalabki parvozi aylandi. Shu munosabat bilan aeroportda an'anaviy suv arkasi orqali birinchi bortni kutib olish marosimi o‘tkazildi.
Bundan oldin, «O‘zbekiston havo yo‘llari» «Domodedovo» aeroportiga reyslarni amalga oshirgan. «Vnukovo» aeroporti aviakompaniya uchun joylashuv va infratuzilmasi yo‘lovchilarga qulay parvoz hamda xizmat ko‘rsatish imkonini beradigan ideal yechim bo‘ldi, deya qayd etib o‘tishgan matbuot xizmatidan.
«O‘zbekiston-Rossiya yo‘nalishi nafaqat aviakompaniya, balki butun O‘zbekiston uchun strategik ahamiyatga ega. Ushbu reyslar biznes va turistik aloqalarni rivojlantirish hamda mustahkamlashga qo‘shimcha turtki beradi. «O‘zbekiston havo yo‘llari» tomonidan 2018 yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekiston va Moskva o‘rtasida 3 mingga yaqin reyslar amalga oshirildi hamda yarim milliondan ziyod yo‘lovchi tashildi», - dedi MAK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari v.b. Umid Husanov.
Mavzuga oid
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
10:57 / 26.11.2024
Krokus terakti: gumondorlarni qamoqda saqlash muddati yana uzaytirildi, lekin buyurtmachi hamon aniq emas
11:47 / 13.11.2024