Rossiya NATO kemalarini Azov dengiziga kiritmaydi
Rossiya NATO kemalarini Azov dengiziga kiritmaydi. Bu haqda Qrim rahbari Sergey Aksyonov xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kiyevning Azov dengizidagi vaziyatni yanada keskinlashtirish va Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarga erishish bo‘yicha urinishlari Kiyevning o‘ziga zarba beradi.
«Azov dengizida NATOning hech qanday kemalari bo‘lmaydi. Mamlakatimiz o‘z milliy manfaatlarini qat'iyat va izchillik bilan himoya qiladi, hech kim bunga shubha qilmasligi kerak», - deya Aksyonovning so‘zlarini keltiradi «Izvestiya».
Uning ta'kidlashicha, Moskva Azov dengizida keskinlikni kuchaytirishni xohlamayapti, shuning uchun NATO kemalari Ukraina bilan birgalikda mashqlar o‘tkazish uchun bu suvlarga kiritilmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Azov dengizidagi flotni eng katta qo‘riqlash kemasi bilan kuchaytirgandi.
Mavzuga oid
10:31
Rossiyaning Sumi oblastini o‘qqa tutishi: 300 dan ortiq portlash, bir kishi halok bo‘ldi
19:17 / 26.12.2024
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
11:34 / 26.12.2024
Qora dengizni qoplagan mazut dog‘ining koinotdan ko‘rinishi - foto
11:27 / 26.12.2024