Mogerini jurnalistlar huquqlari himoyalanishi zarurligini yodga soldi
Yevropa Ittifoqi xalqaro jurnalistlarga qarshi jinoyatlarning jazosizligini to‘xtatish kuni (2 noyabr) oldidan barcha davlatlar OAV erkinligi va jurnalistlarning xavfsizligini himoyalash oldidagi majburiyatlarini bajarishi kerakligini yodga soldi.
“Haddan tashqari ko‘p jurnalistlar o‘z ishi uchun tahdidlar va hujumlarga yo‘liqmoqda. Bu hujumlarni amalga oshiruvchi shaxslar esa ko‘pincha jazosiz qolmoqda”, - deyiladi YeI diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini nomidan yo‘llangan xatda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevroittifoq mamlakatlarida jurnalistlarning o‘ldirilishi dunyoning hech bir mintaqasi bundan sug‘urtalanmaganini namoyish qilmoqda.
“Saudiyalik jurnalistning Istanbulda o‘ldirilishi kabi bunday dahshatli jinoyatlar yaxshilab o‘rganilishi kerak”, - deydi Mogerini va bu borada Saudiya Arabistonining ishonchli hamkorlik qilishiga umid bildiradi.
“Yevropa Ittifoqi doirasidagi va undan tashqaridagi barcha davlatlar munosib huquqiy muhitni yaratish, jurnalistlarga bo‘layotgan tahdidlarga jiddiy e'tibor qaratish yo‘li orqali fikrni ifodalashdagi erkinlik va jurnalistlarning xavfsizligini himoyalashga oid majburiyatlarini bajarishlari zarur”, - deya qo‘shimcha qildi u.
Mavzuga oid
21:26 / 12.12.2024
«Chegara bilmas muxbirlar»: 2024 yilda dunyoda 54 nafar jurnalist o‘ldirildi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
23:59 / 08.10.2024
Slovakiya bosh vaziri OAVni nazorat qiladigan boshqarma tuzish kerakligini aytdi
09:21 / 03.09.2024