Jahon | 01:03 / 02.11.2018
29848
1 daqiqa o‘qiladi

Turkmaniston prezidenti shtanga ko‘tarish bo‘yicha mahoratini ko‘rsatdi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov vazirlar mahkamasi yig‘ilishida hukumat a'zolariga shtanga ko‘tarishdagi uquvini ko‘rsatdi.  

“Turkmaniston bugun” axborot agentligining ma'lum qilishicha, yig‘ilishda Turkmanistonda 1-10 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan og‘ir atletika bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik muhokama qilingan. Yig‘ilish davomida Berdimuxamedovga musobaqaning ochilish marosimiga kelish taklifnomasi, esdalik belgilari hamda ramziy ko‘rinishdagi shtanga sterjeni topshirilgan.

Berdimuxamedov oltin suvi yugurtirilgan sterjenni boshi uzra ko‘tarib, o‘zining sportdagi uquvlarini namoyish qilgan.

Hukumat a'zolari prezidentning bu xatti-harakatlarini qizg‘in olqishlashgan.

Mavzuga oid