Light | 19:18 / 03.11.2018
22701
3 daqiqa o‘qiladi

Aviaparvozlarning uchuvchi va bort xodimlarigagina ma'lum bo‘lgan 13 jihati

Foto: Pixabay

Uchuvchilik kasbini ko‘pchilik orzu qiladi. Axir bu butun dunyoni ko‘rish, o‘zingizni qiziqarli ish bilan ta'minlash va yaxshi maosh olish uchun ajoyib imkoniyat. Biroq ushbu lavozimga ega bo‘lish oson emas va bir necha yillar davomida ta'lim olish talab etiladi.

E'tiboringizga parvoz bo‘yicha sizni mutaxassisga aylantira oladigan 13 ta qiziqarli jihatni taqdim etamiz.

1. Uchuvchilar soqol o‘stirishi mumkin emas. Chunki favqulodda vaziyatlarda kislorodli niqob yuzga yaxshi o‘rnashmaydi.

Foto: Pixabay

2. Samolyotda biroz salqin havo haroratini ta'minlashga harakat qilishadi. Chunki bu bosim o‘zgarishi natijasida gipoksiya ehtimolini kamaytiradi.

3. Agar xaritaga samolyotlar parvozi trayektoriyasidan nazar solinsa, ular to‘g‘ri chiziq emas, aylana bo‘ylab uchishini kuzatish mumkin. Aslida, buning hech qanday hayratlanarli jihati yo‘q. Axir Yer dumaloq-ku.

4. Uchuvchi va bort xodimlari parvoz vaqtida mustahkam va yopiq oyoq kiyim kiyishni maslahat berishadi. Chunki favqulodda evakuatsiya vaziyatida qanday sharoitga tushishingiz mumkinligini oldindan bilmaysiz.

5. Har doim ham uchuvchi va dispetcherlar rasmiy ohangda muloqot qilishmaydi. Masalan, dispetcherlar uchuvchilarni barcha bayramlar bilan tabriklashadi.

Foto: Pixabay

6. Reyslar kech qolganida bu holat nafaqat yo‘lovchilar, balki styuardessalar uchun ham noqulaylik uyg‘otadi. Chunki bu vaqt uchun ularga to‘liq hajmda haq to‘lanmaydi.

7. Uchuvchilardan biri hojatxonaga chiqishiga to‘g‘ri kelsa, samolyotni boshqarayotgan uchuvchi holatini nazorat qilish zarur bo‘lsa, masalan, u hushini yo‘qotganida yordamga chaqirish uchun styuardessa ikkinchi uchuvchining o‘rniga o‘tiradi.

8. Agar tushlik bemaza bo‘lib tuyulsa, bunda biror kishini ayblashga shoshilmang. Gap shundaki, ta'm bilish retseptorlarimiz balandlikda o‘zgacha ishlaydi.

Foto: Pixabay

9. Ko‘p silkinadigan joylar samolyot oxirida, eng tinch joylar esa – qanotlar yonida bo‘ladi.

10. Samolyot olib qochilganida uchuvchilarda qo‘nish vaqtida qanot mexanizatsiyasi elementlarini o‘ziga xos tarzda burib, aeroport xodimlariga signal berish imkoni mavjud.

11. Ob-havo qulay bo‘lmaganida, uchish-qo‘nish chizig‘i suv qatlami bilan to‘silgan bo‘lsa, uchuvchi xavfli akvarejalashtirishning oldini olish uchun ataylab «qattiq» qo‘nishi mumkin.

Foto: Pixabay

12. Biror navbatdan tashqari vaziyatda yo‘lovchilar ko‘zlari qorong‘ulikda yaxshi ko‘ra olishi uchun tundagi qo‘nish vaqtida salondagi yorug‘lik ataylab pasaytiriladi.

13. Kislorodli niqoblar sizni bor-yo‘g‘i 15 daqiqaga havo bilan ta'minlay oladi xolos. Biroq bu vaqt uchuvchi samolyotni mustaqil nafas olish mumkin bo‘lgan balandlikka tushirish uchun yetarli.

Mavzuga oid