Jahon | 19:35 / 08.11.2018
7716
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh shtatlaridan birida qullik to‘liq taqiqlanishi mumkin

Foto: Mario Tama / Getty Images

AQShning Kolorado shtati aholisi qullikning to‘liq yo‘q qilinishiga ovoz berdi. Bu haqda CNN telekanali ma'lum qildi.    

6 noyabrda AQShda o‘tgan oraliq saylovlarda shtat aholisi shtat konstitutsiyasining o‘zgartirilishiga ovoz bergan. AQSh konstitutsiyasiga 13-tuzatmaga ko‘ra, qullik va majburiy mehnat jinoyat uchun jazo bo‘lgandan boshqa hollarda taqiqlangan. Koloradoda “A” tuzatmasi kuchga kirsa, qullikning har qanday shakli to‘liq taqiqlanadi.

Ta'kidlanishicha, shunday so‘zlar yana 16 ta shtatning konstitutsiyalarida mustahkamlangan.

CNN ma'lumotlariga ko‘ra, hozircha 80 foiz saylov uchastkalaridagi natijalar qayta ishlangan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Kolorado aholisining 65 foizi shtat konstitutsiyasi o‘zgartirilishiga ovoz bergan. Shtat hukumati spikeri Linn Bartelsning aytishicha, tuzatma qabul qilinishiga shubha yo‘q.

2016 yilda ham konstitutsiya matniga tuzatish kiritishga urinish bo‘lgan. O‘shanda tuzatmaning ifodalanishi noaniq bo‘lgan va saylovchilar qullikka ovoz berayotganlari yoki unga qarshi chiqayotganlarini anglay olmaganlar.

Mavzuga oid