Sport | 19:00 / 08.11.2018
19668
2 daqiqa o‘qiladi

"Taslim bo‘lishni o‘ylamayapti". Shumaxerning rafiqasi uning holati to‘g‘risidagi sirni ochdi

Foto: Getty Images

Germaniyalik qo‘shiqchi Sasha Xershenbax 2013 yilda boshidan jiddiy jarohat olgan mashhur poygachi Mixael Shumaxerga bag‘ishlab "Kurashish uchun tug‘ilgan" deb nomlangan qo‘shig‘ini kuyladi.  Shundan so‘ng xonandaga Shumaxerning turmush o‘rtog‘i Korinnadan maktub keldi. Maktubda jahonning yetti karra chempionining holati haqida bir necha yildan beri sir saqlanayotgan ma'lumot bitilgan.

“Men javob kelishini kutmagandim, ammo uyimga Korinna o‘z qo‘li bilan yozgan maktub keldi. U menga qo‘shiq uchun minnatdorlik bildirgan va bu qo‘shiq uning oilasiga og‘ir damlarida yordam berganini yozgan”, deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Postimees. — U Shumaxerning sog‘ligi to‘g‘risida ochiq gapirmagan, ammo maktubda umid yo‘qolmaganini anglatuvchi quyidagi gap yozilgan: "Shumaxer tiklanishda davom etmoqda, u taslim bo‘lishni o‘ylamayapti".

Eslatib o‘tamiz, Shumaxer 2013 yilda tog‘-chang‘i kurortida boshidan jarohatlangan. U uzoq vaqt davomida komada yotdi. Uning oilasi sportchining ahvoli va qayerda ekanligi haqida hech qanday ma'lumot bermayapti.

Mavzuga oid