Jahon | 21:10 / 12.11.2018
17283
2 daqiqa o‘qiladi

G‘azo sektorida vaziyat yana keskinlashdi

Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoriga zarbalar berishni boshladi. Bu haqda TASS agentligi xabar tarqatgan.

Isroillik harbiylar XAMAS harakati pozitsiyalarini o‘qqa tutgan. Bu hujumlarga G‘azo sektoridan Isroil hududiga yo‘llangan raketalar sabab bo‘lgan. 

Bundan avvalroq G‘azodan uchirilgan snaryada Isroil janubida avtobusga kelib tekkani xabar qilingandi. Buning oqibatida bir kishi og‘ir tan jarohati olgan.

Sky News Arabia telekanali ma'lumotiga ko‘ra, G‘azo sektoridan Isroil tomon 20dan ortiq raketa uchirilgan.

Isroil 17 oktabr kuni ham G‘azodan uchirilgan raketalar hujumiga duchor bo‘lgandi. O‘shanda raketalardan biri tinch aholi turar joylariga kelib tushgandi. Bunga javoban isroillik harbiylar jangarilarning pozitsiyalari bo‘ylab hujum uyushtirgandi. Falastin tomoni ma'lumotiga ko‘ra, bu hujum oqibatida 10dan ortiq kishi jarohatlanib, bir kishi halok bo‘lgandi.

Mavzuga oid