Yevropa ittifoqining Brexit bo‘yicha sammiti sanasi ma'lum qilindi
Yevropa Kengashi rahbari Donald Tusk Bryusseldagi matbuot anjumanida Brexit bo‘yicha Yevropa ittifoqi sammiti sanasini ma'lum qildi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Uchrashuv 25 noyabr, yakshanba kuni, soat 9:30da (Toshkent vaqti bilan 13:30da) o‘tkaziladi. Yevropa kengashi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Yevropa ittifoqiga a'zo bo‘lgan davlatlar hozirda kelishuv loyihasini ko‘rib chiqmoqda.
«Mazkur kelishuv loyihasi a'zo davlatlar tomonidan tahlil qilinmoqda. Hafta oxirida elchilar berilgan baholarni almashish uchun uchrashadilar. Umid qilamanki, ko‘plab izohlar bo‘lmaydi», - dedi Tusk.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Brexit bo‘yicha kelishuv rejasi e'lon qilingandi. Shuningdek, o‘tish davri muddati ma'lum bo‘ldi.
Mavzuga oid
14:48 / 24.11.2024
London YeI bilan munosabatlarni tiklash uchun muzokarachi qidirmoqda
09:20 / 02.03.2024
Yevroittifoq kengashi Ukrainaga 50 mlrd yevro ajratishni ma’qulladi
10:25 / 03.05.2023
O‘zbekistonda Yevropa kuni o‘tkaziladi
10:37 / 19.04.2023