Sport | 14:43 / 17.11.2018
9806
1 daqiqa o‘qiladi

Taekvondo. Charos Qayumova Fransiya ochiq chempionati g‘olibi bo‘ldi

Taekvondo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari Fransiyaning Parij shahridagi «French Open» turnirida ishtirok etishmoqda, deb xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

-53 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Charos Qayumova musobaqa davomida ikki nafar fransiyalik, yana ikki nafar turkiyalik sportchilarni mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda esa italiyalik raqibidan ustun keldi va oltin medal egasiga aylandi.

Qayd etish lozimki, ushbu musobaqa taekvondochilarga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etishi bilan ahamiyatli.

Mavzuga oid