Jahon | 12:00 / 18.11.2018
10303
3 daqiqa o‘qiladi

«Boshqa muqobil reja yo‘q». Tereza Mey parlamentga qarshi

Foto: The Sun

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey mamlakatning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi (Brexit) bo‘yicha o‘zi tuzgan rejaga birorta muqobil yo‘q, deb hisoblamoqda.

«Buyuk Britaniya va YeI o‘rtasida ming soatdan oshiq vaqt davomida o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng shu hafta mobaynida biz mamlakatimiz uchun muhim to‘xtamga erishdik», — deb yozgan Mey o‘zining Sun nashrida e'lon qilingan maqolasida.

Uning qo‘shimcha qilishicha, chiqishning «batafsil shartlari», shuningdek, kelajakdagi munosabatlarning «keng shart-sharotlari» bo‘yicha kelishuvlarga erishilgan.

«Ikki yillik qizg‘in mehnatdan so‘ng mening qat'iy fikrimcha, Britaniya uchun to‘g‘ri bo‘lgan qarorga kelmoqdamiz. Muqobil reja yo‘q. YeI bilan kelishib olishimiz mumkin bo‘lgan boshqa yondashuv ham mavjud emas. Men o‘rnatgan kurs mamlakat uchun eng to‘g‘risi va ish beradigan yagonasi hisoblanadi», — deya qayd etgan bosh vazir.

Uning aytishicha, parlament a'zolari ushbu kelishuvni rad etishsa, ular «shunchaki mamlakatni boshlang‘ich nuqtaga qaytarib olib borib qo‘yishadi».

Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga ishonschizlik votumi bilan tahdid qilayotgan siyosiy inqiroz 6 iyul kuni uning Brexit shartlarini yumshatish bo‘yicha «Chekers rejasi» deb nom olgan rejasini qo‘llab-quvvatlashga vazirlarni majburlashi ortidan boshlangan. Shundan so‘ng, ta'sir kuchi katta bo‘lgan konservatorlar — YeIdan chiqish masalalari bo‘yicha vazir va TIV rahbari, shuningdek vazirlar mahkamasining bir necha quyi mansabdorlarining iste'fosi ro‘y bergan. O‘shanda hukmron Konservatiya partiyaning rahbarlik qilayotgan qo‘mitasi bosh vazirga ishonchsizlik votumi e'lon qilish bo‘yicha ovoz berish jarayoni o‘tkazish uchun bir necha bor murojaat qilgan.

Mey mana shu hafta ichida YeI bilan Brexit to‘g‘risidagi kelishuv loyihasini hukumatga majburlab o‘tkazgach, siyosiy inqiroz yanada chuqurlashdi. Vazirlar mahkamasi oddiy ko‘pchilik bilan hujjatni ma'qullagan, biroq ko‘plab mansabdorlar bosh vazirning xatti-harakatlaridan ham, hujjatning o‘zidan ham norozi bo‘lishgan. Norozilik sifatida Brexit masalalari bo‘yicha, mehnat va pensiyalar bo‘yicha vazirlar iste'foga chiqqan, ularning ortidan yana bir necha vazir o‘rinbosarlari ish tashlashgan.

Ovozlari ayniqsa qattiqroq chiqayotgan «YeIdan murosasiz chiqish» tarafdorlari Meyni Brexit g‘oyasiga xiyonatda va Britaniyani Yevropa nazorati ostida qoldirishni istayotganlikda ayblab chiqishmoqda. Murosasiz «ajralish» tarafdorlarining bir qismi bosh vazir hamda hukumatning iste'fosini talab qilmoqda.

Mavzuga oid