Surat amerikalikni 99 yillik qamoq jazosidan saqlab qoldi
AQShning Texasida yashovchi Kristofer Prekopiya jinoyat sodir etishda aybsizligini isbotlay oldi.
Yigit sobiq sevgan qiziga tajovuz qilganlikda ayblangan. Qiz politsiyaga yigit uning uyiga bostirib kirib, do‘pposlagani va ko‘kragida pichoq bilan xoch suratini o‘yib tushirganini ma'lum qilgan.
Ayblovlar faqatgina qizning aytganlariga asoslangan bo‘lgan. Yigit qizga hujum qilingan kun oilasi bilan boshqa yerda bo‘lganini ta'kidlaganiga qaramay, hibsga olingan. Ayblov tomoni unga 99 yillik qamoq jazosi berilishini talab qilgan. Keyinroq yigitning yaqinlari uni 150 ming dollar garov puli evaziga ozodlikka chiqishiga erishishgan.
Yigitning aybsizligini onasi isbotlay olgan. U qizga hujum qilingan kun jinoyat joyidan 65 km uzoqlikdagi mehmonxonada ovqatlanishgani yodiga tushgan. O‘shanda yigit oilasi bilan birga suratga tushib, suratlar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan. Jumladan, Kristofer Facebook’da suratni u olingan joy koordinatalari bilan birga joylashtirgan. Bu surat politsiyani yigit ehtimol qilinayotgan hujum vaqti boshqa joyda bo‘lganiga ishontira olgan.
Keyinroq sobiq yigitidan ranjigan qiz undan o‘ch olish maqsadida barcha voqeani o‘ylab topgani ma'lum bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, ushbu ishda bir necha chalkashliklar bor. Misol uchun, qizga haqiqatan ham hujum qilingani yoki u o‘ziga o‘zi jarohat yetkazgani mavhum bo‘lib qolgan.
Mavzuga oid
11:52 / 15.12.2024
Qashqadaryoda OTM hovlisida unashtirilgan qizini pichoqlagan yigitga hukm o‘qildi
21:13 / 12.09.2024
Cherchillning Kanadada o‘g‘irlab ketilgan surati Italiyadan topildi
12:17 / 20.02.2022
Chilonzorda maktab ro‘parasidagi devorda Eynshteyn tasvirlangan graffiti o‘chirib tashlandi
12:31 / 12.01.2021