AQSh sanksiyalari Eron milliy iqtisodiyotini cho‘ktirmoqda
Eronning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchisi - «Tamnush» shirkati, faoliyatiga 16 yil to‘lgandan so‘ng, ishlab chiqarish tarmog‘ini to‘xtatib, yuzlab xodimlarini ishdan bo‘shatdi. Eronga qarshi kiritilgan AQSh sanksiyalari, import xom ashyo tovarlar narxining sun'iy ortib ketishi, ta'siri oqibatida «Tamnush» rahbariyat shunday qarorga kelgan.
«Bizning 45 nafar xodimimiz endi ishsiz qoldi. Erkaklar taksi haydashmoqda, ayollar esa uy bekasi», - deydi kompaniya bosh direktori Farzad Rashidiy.
Reuters agentligining ayrim ishbilarmonlar bilan o‘tkazgan intervyulariga ko‘ra, yuzlab kompaniyalar ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘ygan va minglab ishchilar, AQShning yangi sanksiyalari kelib chiqishiga sabab bo‘lgan dushmanlik muhiti tufayli ishdan bo‘shatilgan.
Eron rial valyutasi yaqin olti oy ichida eng sekin rivojlanish ko‘rsatkichlariga ega, u dollarga nisbatan rekord darajada qadrsizlangan. Avgust oyida AQSh oltin savdosi va Eron avtomobilsozlik tarmoqlariga qattiq zarba beruvchi sanksiyalarni joriy etgandi. Noyabr oyidan esa Eronning neft konlari va moliya sektoriga ta'sir ko‘rsatuvchi sanksiyalar kuchga kirdi.
«O‘tgan bir necha oy ichida biz besh milliard rial (rasmiy kurs bo‘yicha 120 ming dollar) yo‘qotdik, shuning uchun valyuta bozoridagi o‘zgarishlar davom etaversa, boshqaruv kengashi faoliyatimizning barcha turini to‘xtatishga qaror qildi», - deydi Rashidiy.
Eron hukumati ishsizlikdan bosh ko‘targan yoshlarning qahriga duch kelib, mamlakatni namoyishlarning yangi to‘lqini qamrab olishi ham mumkin. Rasmiy prognozlarga ko‘ra, sanksiyalar ayni chog‘dagi iqtisodiy inqiroz sharoitini yanada yomonlashtiradi.
Mehnat vaziri Ali Rabiy mehnat bozorini sanksiyalardan yetarli darajada himoya qilolmagani uchun parlament tomonidan ishdan bo‘shatildi. Eronda yil oxiriga qadar yana million kishi ishini yo‘qotishi mumkin. Hozir Eronda ishsizlik 12,1 foizni tashkil qiladi, uch million eronlik ish topa olmayapti.
Sentyabr oyidagi parlament hisobotida ta'kidlanganidek, ishsizlikning o‘sishi Islom Respublikasi barqarorligiga tahdid solishi mumkin.
«Agar mamlakatdagi iqtisodiy ahvol so‘nggi noroziliklarni keltirib chiqargan asosiy omil, deb hisoblasak va 10 foiz inflyatsiya darajasi, shuningdek, 12 foiz ishsizlik darajasi mana shu noroziliklarga olib kelgan bo‘lsa, biz keskin o‘zgarishga qanday bardosh beramiz, buni bilmayman», - deydi Rashidiy.
Hisobotga ko‘ra, agar Eronning iqtisodiy o‘sishi kelgusi yillarda 5 foizdan past ko‘rsatkichda kuzatilsa, ishsizlik sur'ati 26 foizni tashkil qilishi mumkin.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi Eron iqtisodi bu yil 1,5 foizga, 2019 yilda esa 3,6 foizga qisqarishini prognoz qilgan. Eron vitse-prezidenti ogohlantirganidek, sanksiyalar ostida mamlakat ikki asosiy xavfga duch keladi: ishsizlik va xarid quvvati pasayishi.
«Ish o‘rinlarini yaratish eng ustuvor yo‘nalish bo‘lishi kerak... Biz sanksiyalar tufayli ishlab chiqarish firmalarining turg‘unlikka tushishiga yo‘l qo‘ymasligimiz kerak», - dedi Is'hoq Jahongiriy.
Eronning eng yirik to‘qimachilik fabrikalaridan biri bo‘lgan «Jolfakaran Aras» shirkatining menejyeri Reuters agentligiga ma'lum qilishicha, firma o‘z faoliyatini to‘xtatish va yuzlab ishchilarni tarqatib yuborishga majbur bo‘lmoqda.
«Avgust oyida 200 nafarga yaqin xodim ishdan bo‘shatildi va bu gal ahvol yana yomonlashmoqda. Zavod yopilishi ehtimoli ancha yuqori», - degan menejyer.
«Takplast Nur» kompaniyasining bosh direktori Ahmad Rusta Eron tabiatidagi qurg‘oqchilik qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan plastmassa ishlab chiqaruvchi yangi korxonaga katta foyda olib kelishidan umidvor edi.
«Men yana bir-ikki oy kutishni afzal bildim, lekin vaziyat o‘zgarmasa, korxona yopilishi kerak... Mahsulotimizning asosiy iste'molchi bo‘lgan dehqonlar plastmassani sotib olishga qodir emas», - degan Rusta.
Sanktsiyalar ikki yil avval bekor qilingan sanksiyalardan so‘ng nemis va fransuz shirkatlari bilan hamkorlikni imzolagan Eron avtomobilsozligiga ham qattiq ta'sir ko‘rsata boshladi. Fransiya avtomobil ishlab chiqaruvchisi - PSA Group, AQSh sanksiyalari ta'siridan qochish maqsadida iyun oyida Erondagi qo‘shma korxona faoliyatini to‘xtatdi, Germaniya avtoulovi va Daimler kompaniyasi esa Eronda ishni kengaytirish rejalarini bekor qilganini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:58
Eronda WhatsApp va Google Play blokdan chiqariladi
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
20:58 / 24.12.2024
Bloomberg: Rossiyaga Eron qurollarining chorak qismini biznesmen Husayn Shamhaniy yetkazib bermoqda
19:49 / 24.12.2024