Sport | 14:08 / 19.11.2018
8075
1 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Haydarov Osiyoda yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishi mumkin

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2018 yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lish uchun nomzodlarni e'lon qildi.

Ularning orasida O‘zbekiston U23 terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan Ravshan Haydarov ham bor.

Hamyurtimizga nufuzli sovrin uchun kurashda Iroqning «Eyr Fors» klubi bosh murabbiyi Bosim Hamdan va Yaponiyaning «Kashima Antlers» klubi ustozi Go Oiva raqiblik qiladi. «Eyr Fors» 2018 yilgi OFK kubogida g‘olib chiqqan, «Kashima Antlers» esa Osiyo Chempionlar Ligasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha o‘zbekistonlik ikki mutaxassis qit'ada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan – Mahmud Rahimov (O‘zbekiston terma jamoasi, 1999 yil) va Rauf Inileyev (O‘zbekiston terma jamoasi, 2007 yil).

Mavzuga oid