Jahon | 16:49 / 20.11.2018
16368
2 daqiqa o‘qiladi

Bloomberg: NATO sovuq urushga qaytmoqda

Foto: Xinhua

Shimoliy Atlantika alyansi Norvegiyada keng ko‘lamli mashqlarni o‘tkazdi, ular NATO o‘zining dastlabki raqibiga, shuningdek, sovuq urush 2.0’ga qaytayotganini ko‘rsatadi, deb yozmoqda Bloomberg.

Trident Juncture («Yagona uch ayrili nayza») harbiy mashqlari g‘arb alyansining hududni bosib olish yoki uni qo‘shib olishga tayyor bo‘lgan dushman tomonidan ehtimoliy hujumga bildiradigan munosabati ssenariysi edi, deb yozadi agentlik.

Materialda ta'kidlanishicha, ushbu mashqlar dushman tomonidan yadro qurolidan foydalanish ssenariysini o‘z ichiga olmagan. NATO mansabdor shaxslari harbiy mashqlar dushman sifatida ma'lum bir davlatni nazarda tutmagani haqida aytishganiga qaramay, ehtimoliy tajovuzkor mamlakat aniq edi, deb yozmoqda Bloomberg.

Xususan, rossiyalik harbiy tahlilchi Aleksandr Goltsning so‘zlariga ko‘ra, «agar marsliklar hisobga olinmasa», faqat Rossiya Norvegiyaga hujum qilishi mumkin.

«Ham shu, ham shunga o‘xshash Rossiya mashqlari ssenariysi va ularda qatnashuvchi qo‘shinlar soni shundan dalolat beradiki, biz sovuq urush vaqtidagi harbiy qarama-qarshilikka qaytdik», - dedi Golts.

O‘zining aniq maqsadidan tashqari, NATO mashqlari siyosiy maqsadga ham ega - Moskva uchun AQSh amaldagi ma'muriyatining ikki xil pozitsiyasiga qaramay, Shimoliy Atlantika alyansi a'zosi maqomi katta ahamiyatga ega, deb hisoblaydi hozirda Latviya prezidenti Raymond Veyonisning maslahatchi sifatida ishlayotgan, bundan avval ko‘p yillar mobaynida Britaniya armiyasida xizmat qilgan Yanis Kajotsinsh.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh va Polsha harbiy sohada Rossiyani bosib turish maqsadida hamkorlik qilishi xabar berilgandi.

Mavzuga oid