O‘zbekiston | 22:45 / 20.11.2018
37201
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda​

Foto: KUN.UZ

Shu hafta davomida O‘zbekiston hududlari bo‘yicha iliq va beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba'zi joylarda shamol kuchayishi bilan kuzatiladi. Havo harorati kechalari 2-7 o iliq, kunduz kunlari 10-15 o iliq, yomg‘ir paytida esa 7-9 o iliq atrofida bo‘ladi. Bu haqda O‘zgidromet Kun.uz'ga xabar bergan.

Respublika hududlariga dam olish kunlari yana sovuq g‘arbiy havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. Shanba kuni ba'zi joylarda sovuq harorat fonida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduz kungi harorat 5-8 o iliq, yakshanba kuni esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Lekin sovuq havo massalari ta'siri saqlanib turadi: harorat kechalari 0-3 o sovuqqacha pasayishi, kunduzgi harorat esa 8-10 o iliq atrofida bo‘ladi.​

O‘tgan hafta noyabr oyi kuzda kuzgi ob-havo sharoiti noqulayligini namoyish etishda davom etdi.

Haftaning boshida respublika hududlariga Rossiyaning Yevropa hududlaridan biroz nam, lekin juda sovuq havo massalari kirib keldi. Respublika hududlari bo‘yicha biroz yog‘ingarchilik bo‘ldi, biroq havo haroratining pasayishi sezilarli bo‘ldi, ikki kun davomida harorat 12-15o iliqdan 0-3o iliqqacha pasaydi, kechalari esa termometr ustuni 4-7o sovuqqacha pasaydi. Respublika shimolida yanada sovuq paydo bo‘lgan, kechalari havo harorati 10-13o sovuqqacha pasaydi.

Hafta o‘rtasida sovuq antitsiklon O‘zbekiston hududlaridan chekina boshladi, va havo harorati asta-sekin ko‘tarildi. O‘tgan dam olish kunlarida kunduzgi harorat 13-16o iliqqacha ko‘tarildi.

Mavzuga oid