Sport | 08:53 / 20.11.2018
15722
3 daqiqa o‘qiladi

Osiyoda yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlar e'lon qilindi

Osiyo Futbol Konfederatsiyasi qit'a futbolining 2018 yildagi eng yaxshi vakillari bo‘lishga nomzodlar ro‘yxatini e'lon qildi.

Laureatlarni taqdirlash marosimi 28 noyabr kuni Ummon poytaxti Masqat shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda 7ta yo‘nalish bo‘yicha eng yaxshi deb topilgan nomzodlar mukofotlanadi. Ushbu yo‘nalishlarning barchasida kamida bir nafardan Yaponiya vakili bor; nomzod sifatida ko‘rsatilgan yaponiyaliklar jami 11 nafarni tashkil etadi.

Yilning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga da'vogarlar uchligiga o‘zbekistonlik Ravshan Haydarov ham kiritilgan. Ushbu mutaxassis yil boshida O‘zbekiston U23 terma jamoasi bilan Osiyo chempionatida g‘olib chiqqan edi.

Ushbu sovrin uchun raqobatda Haydarovga Iroqning «Eyr Fors» klubi bosh murabbiyi Bosim Hamdan va Yaponiyaning «Kashima Antlers» jamoasi ustozi Go Oiva raqiblik qiladi. «Eyr Fors» 2018 yilgi OFK kubogida g‘olib chiqqan, «Kashima Antlers» esa Osiyo Chempionlar ligasida g‘alaba qozongan.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha o‘zbekistonlik ikki mutaxassis qit'ada yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan – Mahmud Rahimov (O‘zbekiston terma jamoasi, 1999 yil) va Rauf Inileyev (O‘zbekiston terma jamoasi, 2007 yil).

«Yilning eng yaxshi futbolchisi» nominantlari (erkaklar):
Kento Misao («Kashima Antlers», Yaponiya)
Yuma Suzuki («Kashima Antlers», Yaponiya)
Abdulkarim Hassan («Al-Sadd», Qatar)

«Yilning eng yaxshi futbolchisi» nominantlari (ayollar):
Samanta Kerr (Avstraliya)
Van Shuan (Xitoy)
Saki Kumagay (Yaponiya)

«Yilning eng yaxshi futzalchisi» nominantlari:
Rafael Xenmi (Yaponiya)
Ali Asqar Hasanzoda (Eron)
Mahdi Javod (Eron) 

«Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi» nominantlari (e):
Yun Nishikava (Yaponiya)
Chon Se Jin (Janubiy Koreya)
Turkiy Al Ammar (Saudiya Arabistoni) 

«Yilning eng yaxshi yosh futbolchisi» nominantlari (a):
Fuka Nagano (Yaponiya)
Moeka Minami (Yaponiya)
Saori Takarada (Yaponiya)

«Yilning eng yaxshi murabbiyi» nominantlari (e):
Bosim Hamdan (Iroq)
Go Oiva (Yaponiya)
Ravshan Haydarov (O‘zbekiston)

«Yilning eng yaxshi murabbiyi» nominantlari (a):
Asako Takakura (Yaponiya)
Miyo Okamoto (Yaponiya)
Nuengrutai Sratongvian (Tailand)

Mavzuga oid