Jamiyat | 14:59 / 21.11.2018
11093
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda olti kishi is gazidan zaharlandi

Illyustrativ foto

2018 yil 20 noyabr kuni Jizzax viloyatining Zarbdor tumanida yashovchi D.U. (ayol) uyida qo‘lbola isitish pechiga ulangan tabiiy gazni yoqib nazoratsiz qoldirgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, oqibatda gaz o‘chib qolib, undan sizib chiqqan is gazidan o‘zi, qizi va uyida mehmonda bo‘lgan 4 nafar qarindoshlari zaharlangan.

Ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, uylariga ruxsat berilgan.

Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda is gazi sababli yana bir kishi vafot etgandi.

Mavzuga oid