Light | 11:10 / 21.11.2018
33253
2 daqiqa o‘qiladi

Juda xavfli saraton bilan kurashda aspirinning yangi foydasi aniqlandi

Foto: iStock

Lids universiteti olimlarining ko‘rsatishicha, aspirin, shuningdek, eykozapentayen kislota (EPA) ichak saratoni xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda saratondan avvalgi poliplar sonini kamaytiradi. Bu haqda MedicalXpress’dagi matbuot uchun xabarnomada ma'lum qilindi.

Tadqiqotda Angliyaning 53ta shifoxonasida davolanayotgan 700dan ortiq bemor qatnashdi, ularda kolonoskopiya jarayonida ichak saratoni rivojlanish xavfi aniqlandi. Barcha ko‘ngillilar davolanish turiga qarab to‘rt guruhga bo‘lindi. Yil davomida har kuni ishtirokchilar yoki 300 milligramm aspirin, yoki ikki gramm EPA, yoxud aspirin va EPA birikmasi yoki platseboni qabul qilishgan.

Tadqiqot oxirida aspirin qabul qilgan ko‘ngillilarda poliplar umumiy soni 22 foizga, EPA’dagilarda to‘qqiz foizga kamaydi. Biroq, ular va platsebo guruhi o‘rtasidagi farq statistik jihatdan ahamiyatli emas edi. Ammo, ikkinchi guruhda ichakning chap qismida poliplar soni 25 foizga qisqardi.

Ichak saratoni xavfli o‘simtalarning eng ko‘p o‘lim holatiga olib keluvchi turidir. Milliy tekshiruv dasturiga qaramay, 2014 yilda Angliya va Uelsda ushbu kasallikdan 16 ming kishi vafot etdi.

Mavzuga oid