Fan-texnika | 23:16 / 27.11.2018
10766
2 daqiqa o‘qiladi

Ferrari o‘z mijozi uchun noyob superkar qurib berdi

Ferrari yagona nusxada yaratilgan Ferrari SP3JC nomli spayderini taqdim qildi. Bu mashina haqida tafsilotlar oz, biroq u biznesmen, Ferrari’ning klassik sport avtomobillarini sotuvchi kompaniya asoschisi Jon Kollinz buyurtmasiga ko‘ra qurilgani taxmin qilinmoqda.

Superkar Ferrari’ning Special Projects bo‘limi tomonidan yagona nusxada qurilgan. Mashina suratlariga ko‘ra, uni qurishda Ferrari 812 Superfast va undan avvalgi model F12berlinetta  elementlari qo‘llangan. Misol uchun, eski kupedan old chiroqlar va interer elementlari, yangisidan esa orqa chiroqlar olingan.

Yangi spayderning texnik ko‘rsatkichlari haqida ma'lumot yo‘q.

812 Superfast kupesi 800 ot kuchiga ega dvigatel va ikki ilashishli robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlanadi. Superkar 100 km/soat tezlikka 2,9 soniyada erisha oladi. 

F12berlinetta modeli esa 740 ot kuchiga ega dvigatel bilan jihozlanib, 100 km/soat tezlikka 3,1 soniyada erisha oladi.

Mavzuga oid