O‘zbekiston | 12:31 / 28.11.2018
6854
1 daqiqa o‘qiladi

«Ziyorat turizmi»ni rivojlantirish loyihasi ishlab chiqildi

Foto: KUN.UZ

«O‘zstandart» agentligi tomonidan respublikada «Ziyorat turizmi»ni rivojlantirish maqsadida, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Diniy ishlar bo‘yicha qo‘mitaning qo‘shma qaroriga muvofiq, «Halol talablari asosida mahsulotlar va xizmatlarni ixtiyoriy sertifikatlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom loyihasi tayyorlandi.

Agentlik xabarida bildirilishicha, bu o‘zbekistonlik tadbirkorlar uchun Yevropa davlatlariga mahsulotlarini eksport qilish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida, Se markirovkani mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan qo‘llash uchun amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Turkiya, Ukraina, Germaniya va Slovakiya davlatlarining sertifikatlashtirish idoralari bilan muzokaralar o‘tkazildi  hamda tegishli tashkilotlar bilan aloqa o‘rnatish maqsadida Kelishuv loyihalari tayyorlandi, deyiladi xabarda.

Mavzuga oid