Jahon | 21:30 / 30.11.2018
36427
1 daqiqa o‘qiladi

Putin va Trampning limuzinlari “yirtqichlar” deb ataldi

Argentina ommaviy axborot vositalari Rossiya va AQSh prezidentlarining limuzinlarini muhokama qilishmoqda. Vladimir Putin va Donald Tramp limuzinlarini o‘zlari bilan birga G20 sammiti o‘tayotgan Buenos-Ayresga olib kelishgan.

Mahalliy OAV ikki mashinani ham “Bestia” deb nomlagan. Bu ispanchadan “yirtqich” deb tarjima qilinadi.

TN telekanali Putinning yangi limuzinini “g‘ildiraklar ustidagi haqiqiy bunker” deb atagan. Putin Argentinaga Aurus avtomobilini olib kelgan. Mashina katta kalibrli o‘qlar va portlovchi qurilmalar ta'siriga bardosh bera oladi, mashinaning barcha detallari sir saqlanadi. 

Foto: Rossiya prezidenti matbuot xizmati

Clarin mahalliy nashri esa Tramp limuzinining alohida jihatlari sifatida 7 tonna kelishi va kimyoviy hamda biologik hujumlarga bardoshli ekanini qayd qilib o‘tgan.

Foto: Reuters

Mavzuga oid