Jamiyat | 16:08 / 06.12.2018
37582
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

UMS 1 milliard so‘mlik o‘yin o‘tkazmoqda

UMSning yangi va amaldagi abonentlari umumiy hisobda 1 milliard so‘mga teng bo‘lgan 23 ta pul sovrinlarini yutib olishlari mumkin.

Foto: UMS

Avtomobil sotib olish, to‘y qilish, o‘g‘il yoki qizingiz kontraktini to‘lash, uyni ta'mirlash – kelasi yilda sizni shunga o‘xshash qanday katta xarajatlar kutmoqda? UMS kompaniyasi millionlar yutib olish va ularni ezgu maqsadlarda sarflashingiz uchun imkon bermoqda! Axir katta hajmda pul yutib, uni xohlagan maqsadlarda ishlatishingiz mumkin!

UMS mobil aloqa operatori 2018-yilning 5-dekabridan 2019-yilning      5-fevraligacha yangi va barcha amaldagi abonentlar uchun “UMS’dan milliard!” aksiyasini o‘tkazmoqda. Unda 10 million so‘mdan 300 million so‘mgacha bo‘lgan 23 ta pullik sovrin o‘ynalmoqda, shuningdek, abonentlar “Silver” toifasidagi 100 ta chiroyli raqamlarni ulash huquqlarini qo‘lga kiritishlari mumkin. 

Aktsiyada ishtirok etish shartlari juda oddiy. Aktsiya o‘tkazilayotgan muddatda kamida 33 000 so‘m oylik abonent to‘loviga ulangan abonentlar avtomatik tarzda aksiya ishtirokchisiga aylanadilar va ularga shu onda yutish uchun bitta imkoniyat taqdim etiladi. Imkoniyatlar sonini ko‘paytirish uchun abonentlar 40 000 so‘m turadigan «2019 MB» yoki «2019 daqiqa» maxsus to‘plamlarini ulashlari mumkin. Har bir ulangan to‘plam bitta imkoniyatga teng.

UMS kompaniyasining amaldagi abonentlari ham tarif rejasidan qat'iy nazar aksiya ishtirokchisiga aylanishlari mumkin («UzPass 2000» va «UzPass 5000» turistik tarif rejalari bundan mustasno). Buning uchun ular ham «2019 MB» yoki «2019 daqiqa» maxsus to‘plamlarini xarid qilishlari kerak.

Foto: UMS

Aktsiya yakunlariga ko‘ra abonent to‘plagan har bir imkoniyatga noyob ID raqam beriladi. 2019-yilning 12-fevral kuni Toshkentning yirik savdo markazlaridan birida minglab odamlar ko‘z o‘ngida aksiya g‘oliblarini aniqlash marosimi bo‘lib o‘tadi!

Aktsiya ishtirokchilari, shuningdek, «Silver» toifasidagi 100 ta chiroyli raqamlarni 100% chegirma bilan qo‘lga kiritish huquqiga ega bo‘lishlari mumkin! Raqamlar ikki bosqichda – 50 tasi 9 yanvar kuni, yana 50 tasi esa 8 fevral kuni o‘ynaladi. O‘yin UMS kompaniyasining Facebook tarmog‘idagi rasmiy sahifasida bo‘lib o‘tadi.

- UMS mobil operatori yangi yil oldidan turli xil qimmatbaho sovrinlar o‘ynaladigan aksiyalarni o‘tkazib keladi. “UMS’dan milliard!”  aksiyasi xuddi shunday keng qamrovli loyiha bo‘lib, uni yordamida abonentlar o‘zlarining orzu-umidlarini amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Aktsiya doirasida 100 ta «Silver» chiroyli raqamlarini bepul ulash imkoniyati, 10 million so‘mdan 10 ta sovrin, 20 million so‘mdan 5 ta sovrin, 50 million so‘mdan 4 ta sovrin, 100 million so‘mdan 3 ta sovrin hamda 300 million so‘mga teng super yutuq o‘ynaladi. Bu yutuqlarni qo‘lga kiritish imkoniyati aksiyaning har bir ishtirokchisida mavjud. UMS kompaniyasi nomidan barchangizga omad tilaymiz! – deya izoh berdi «UMS» MChJ tijorat direktori Lola Filatova.

Foto: UMS

Shunday qilib, UMS’ning noyob takliflaridan foydalaning, VIP suhbat quring va omad albatta aynan sizga kulib boqishiga ishoning! Kompaniya esa talablarga mos aloqa operatori sifatida hayotingiz xushxabarlarga boy bo‘lishiga yanada harakat qiladi!

UMS bilan bog‘lanish:

Web: www.ums.uz

O‘zbek tilidagi Telegram: @UMSuzb

UMS kompaniyasi haqida:

«Universal Mobile Systems» MChJ kompaniyasi – 4G LTE, UMTS va GSM standartlarida mobil aloqa va mobil internetdan foydalanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi O‘zbekiston telekommunikatsiya korxonasi. Kompaniya 2014 yilning 1 dekabrida tijoriy faoliyat boshlagan. Kompaniya ta'sischisi – “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid