Sport | 18:30 / 13.12.2018
11012
14 daqiqa o‘qiladi

Fekir «Shaxtyor»ni nokautga uchratdi. YeChLda guruh bosqichi yakunlari

Yevropa Chempionlar ligasining oxirgi kunidagi eng intrigali uchrashuv Kiyevda bo‘lib o‘tdi.

F guruhi
Shaxtyor (Ukraina) – Lion (Fransiya) 1:1
 (1:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 22 Morayes, 1:1 – 65 Fekir.
Shaxtyor – Pyatov, Matviyenko, Krivtsov, Xocholava (Butko, 46), Ismaili, Maykon, Stepanenko, Marlos (Bolbat, 87), Kovalenko (Kayode, 83), Tayson, Morayes.
Lion – Antoni Lopesh, Denayyer, Marselo, Marsal, Tete, Tuzar, Auar, Mendi, Fekir (Dyubua, 89), Traore (Ndombele, 72), Depay (Dembele, 80).
Ogohlantirishlar: Marsal (8), Fekir (68), Bolbat (87).

Bungacha pley-off uchun 16 yo‘llanmaning 15tasining egasi aniq bo‘lgan, oxirgi chipta uchun «Shaxtyor» va «Lion» o‘rtasida bahs kechishi kerak edi. 

«Konchilar» 5 turdan keyin «to‘quvchilar»dan 2 ochko ortda edi va ularni bu o‘yinda faqat g‘alaba qanoatlantirardi. Frantsuzlarda esa birinchi o‘ringa ham imkoniyat saqlanib qolgan, buning uchun ular o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozonib, «Manchester Siti» «Hoffenhaym»dan mag‘lub bo‘lishiga umid qilishi kerak edi. Bu holatda inglizlar ikkinchi o‘rin bilan kifoyalanib, nemislar jamoasi uchinchi o‘ringa chiqib, Yevropa Ligasiga yo‘l olardi.

Fransiyadagi birinchi o‘yinda Paulo Fonseka va Bryuno Jyenezio qo‘li ostidagi jamoalar bo‘sh tribunalar bilan o‘yin o‘tkazishgan - fransuzlar jamoasi tartibsiz muxlislar tufayli shunday jazolanishgandi.

Javob uchrashuvi esa Xarkovda emas, Kiyevda o‘tdi. UYeFA donetskliklarga harbiy holat amalda bo‘lgan hududda o‘yin o‘tkazishga ruxsat bermadi. O‘zining ashaddiy raqibi bo‘lmish «Dinamo»ning uy stadioni - «Olimpiyskiy»da o‘ynagan mezbonlar niyatlariga erisha olishmadi.

Maydonni o‘yinga tayyorlash uchun katta kuch sarflandi. O‘yin shitob bilan yog‘ayotgan qor ostida o‘tdi. Futbolchilar qizil rangli to‘pdan foydalanishdi, maydonga qizil chiziqlar chizildi. Baribir o‘yin kechikib boshlandi, bunga tribunada «Shaxtyor» sha'niga yomon gaplar aytilgan banner ko‘tarilgani sabab bo‘ldi. UYeFA bu vaziyat bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishi tayin.

Turnir jadvalidagi holat dastlab Manchesterda urilgan gol tufayli o‘zgardi. Andrey Kramarich 15-daqiqadayoq penaltidan gol urib hisobni ochdi. Bu daqiqalarda ketma-ket hujum uyushtirgan «Lion» turnir jadvali yetakchisiga aylanib olishi mumkin edi, ammo Andrey Pyatov Bertran Traore bilan yakkama-yakka vaziyatda jamoasini qutqardi. 

Mezbonlar esa ilk imkoniyatdanoq unumli foydalanishdi. 22-daqiqada «Dinamo»ning sobiq hujumchisi Moreas Ismailidan pas qabul qilib olib, sobiq muxlislari qarshisida ajoyib gol urdi.

Ikkinchi bo‘limda ob-havo sharoiti yanada yomonlashdi, Jyenezio o‘z texnikasini namoyish etmoqchi bo‘lib, kulgiga qoldi.

Bu vaqtda «Shaxtyor» turnir jadvalida «Lion»dan o‘zib ketgandi. Jamoalar tanaffusga yo‘l olayotganida vaziyat yana o‘zgardi, Manchesterda Sane javob golini urdi.

«Lion» ko‘p hujum uyushtirdi, maydon egalarini o‘zlariga xos bo‘lmagan tarzda himoyaviy o‘yin ko‘rsatishga majbur qildi. Tanaffusgacha mehmonlar zarbalar berish borasida yaqqol ustun edi - 12:1 (aniq zarbalar bo‘yicha 4:1).

Ikkinchi bo‘lim boshida Nabil Fekirning goli ofsayd tufayli inobatga olinmadi, ammo u baribir gol urdi. 64-daqiqada «to‘quvchilar» sardori Memfis Depayning pasidan unumli foydalandi va Maykon hamda Pyatovni dog‘da qoldirdi. Bu vaqtda Sane Manchesterda dublni rasmiylashtirgandi.

Fonseka jamoasi yana o‘yin avvalidagi qiyin vaziyatga tushib qoldi. Ammo vaqt va kuch kam qolgandi. Ukrainlar o‘yin oxirida shturm uyushtira olishmadi. Ular «Lion» prezidenti Jan-Mishel Olyasni pley-offga «Shaxtyor» emas, uning jamoasi munosib ekani haqida aytgan gaplari uchun jazolay olishmadi.

«Manchester Siti» – «Hoffenhaym» 2:1
Gollar: Sane, 45+1; Sane, 61 – Kramarich, 16-pen
Manchester Siti – Ederson, Stounz (Uoker, 46), Otamendi, Laport, Zinchenko (Delf, 64), Bernardu Silva (Kompani, 85), Gundo‘g‘an, Foden, Sterling, Gabriel Jyezus, Sane.
Hoffenhaym – Baumann, Kaderjabek, Adams, Xyubner, Shults, Gayger (Amiri, 63), Grillich, Bitenkur (Belfodil, 70), Brenet (Nelson, 46), Kramarich, Joelinton.
Ogohlantirishlar: Grillich (64), Joelinton (77).

Xosep Gvardiola jamoasi muddatidan avval keyingi bosqich yo‘llanmasini naq qilgan, jamoa pley-offda guruhda birinchi o‘rinni olgan holda o‘ynashi aniq edi.

«Hoffenhaym» esa Manchesterda g‘alaba qozonib, Kiyevdagi uchrashuv natijasiga ko‘ra («Lion»ning g‘alabasi), uchinchi o‘rinni egallab, Yevropa Ligasiga o‘tishi mumkin edi.

Birinchi bo‘lim boshida nemislar uchun barchasi yaxshi ketayotgandi, Kramarich penaltidan hisobni ochdi. Ammo manchesterliklar voqealarning bunday rivojiga rozi bo‘lishmadi. Avvaliga Sane jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘limda esa raqib jarima maydonchasida yolg‘iz qolib, ikkinchi golni urdi va nemislarning umidini so‘ndirdi.

Ronaldu yutqazdi, ammo uyatga qolmadi
H guruhi
«Yang Boyz» – «Yuventus» – 2:1

Gollar: Oaro, 30-pen; Oaro, 68 – Dibala, 80
Yang Boyz – Velfli, Mbabu, Kamara, Lauper, Benito, Garsiya, Ebisher, Fassnaxt (Bertone, 80), Sou (Vyutrix, 90), Ngamale (Shik, 85), Oaro.
Yuventus – Shchensni, Kuadrado (Aleks Sandro, 23), Rugani, Bonuchchi, De Shilo (Dibala, 72), Pyanich (Jan, 65), Bentankur, Bernardeski, Duglas Kosta, Manjukich, Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Kamara (62), Bernardeski (64), Garsiya (72), Velfli (83).

Turinliklar Shveytsariyaga uchishdan oldin guruhdagi birinchi o‘rinni kafolatlab qo‘yishmagandi. Agar «MYu» «Valensiya» ustidan g‘alaba qozona olganida, turinliklarning «Yang Boyz»dan qabul qilib olingan sensatsion mag‘lubiyati falokatli mag‘lubiyatga aylanishi mumkin edi.

O‘yin mehmonlar ustunligida boshlandi, Krishtianu Ronalduning o‘zi dastlabki 25 daqiqalikda 3ta gol urishi mumkin edi. Ammo taqdir mezbonlarga kulib boqdi. Birinchi bo‘lim o‘rtalaridan o‘tganda Sandro jarima maydoni ichida qo‘pollik ishlatdi (u jarohatlangan Kuardado o‘rniga maydonga tushirilgandi). Braziliyalik himoyachi to‘p uchun kurashda Ngamalega yutqazdi va raqibni qo‘pollik bilan to‘xtatishga majbur bo‘ldi. Belgilangan penaltini Oaro aniq ijro etdi. «Keksa sinora» hech narsa bo‘lmagandek, o‘z o‘yinini namoyish etishda, hujum uyushtirishda davom etdi. Ammo birinchi bo‘limda boshqa gol urilmadi.

Tanaffusdan keyin ham o‘yinni mehmonlar nazorat qilishdi, lekin «Yang Boyz» kutilmaganda ustunlikni oshirdi, Oaro uzoq masofadan zarba berib, dublni rasmiylashtirdi.

Shundan so‘ng, Massimiliano Allegri Di Shilo o‘rniga Paulo Dibalani tushirdi. Argentinalik hujumchi o‘ziga berilgan 20 daqiqa ichida bitta gol ura oldi, unga Ronaldu golli pas berdi. Ammo «Yuventus» bu kecha mag‘lubiyatdan qutulib qololmadi. Birinchi bo‘limda ko‘kka sovurilgan vaziyatlar «uvoli tutdi». Parallel kechgan uchrashuvda ham «Manchester Yunayted» «Valensiya»dan mag‘lubiyatga uchradi va turnir jadvalidagi o‘rinlar o‘zgarmadi.

«Valensiya» – «Manchester Yunayted» – 2:1
Gollar: 1:0 – 17 Soler, 2:0 – 47, avtogol Jons, 2:1 – 87 Reshford.
Valensiya – Domenek, Pichchini, Ruben Vezu, Diakabi, Toni Lato (Garay, 51), Soler, Parexo, Kondogbia, Cheryshev (Ferran Torres, 66), Batshuayi, Santi Mina (Rodrigo, 68).
Manchester Yunayted – Romero, Valensiya, Bayi, Jons, Roxo (Yang, 46), Fred (Reshford, 57), Fellayni, Pogba, Mata, Lukaku (Lingard, 69), Pereyra.
Ogohlantirishlar: Valensiya (11), Toni Lato (28), Bayi (30), Reshford (81).

Joze Mourino guruhdagi oxirgi o‘yinga aralash tarkibni tushirdi. Pol Pogba ilk daqiqalardanoq harakat qilgan tarkibni ikkinchi tarkib deyish ham qiyin, ammo fransuz futbolchisi maydonda ikkinchi tarkib futbolchisiga xos harakatlarni amalga oshirdi. Qolaversa, Mourino oxirgi paytlarda uni zaxirada qoldirmoqda.

Lekin murabbiy o‘yindan oldin jurnalistlarga boshqacha gapirib, futbolchini ilhomlantirgandi: «Pol boshlang‘ich tarkibda maydonga chiqadi va o‘zining nelarga qodirligini ko‘rsatadi».

«Valensiya» tezkor gol urdi, keyin esa ikki marta qulay vaziyatni yo‘qqa chiqardi. Mehmonlar esa 35-daqiqada juda qulay imkoniyatga ega bo‘lishgandi, mehmonlar tomonidan burchak zarbasi ijro etilganidan so‘ng, to‘p darvoza chizig‘idan 3 metr masofada yolg‘iz turgan Pogbaga kelib tushdi, ammo u to‘pni darvoza to‘riga kiritib yubora olmadi.

Ikkinchi bo‘lim boshida Jons o‘z darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Faqat o‘yin oxirida Reshford bitta javob goli yo‘lladi 1:2.

Mourino mavsumdagi navbatdagi mag‘lubiyatni qabul qilib oldi va guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan holda bahorgi o‘yinlarda qatnashadigan bo‘ldi. «Valensiya» Yevropa Ligasida qatnashadi.

E guruhi
«Benfika» – AYeK – 1:0 
(Grimaldo, 88)
Benfika – Vlaxodimos, Andre Almeyda, Diash, Jardel, Grimaldo, Jyedson Fernandesh, Alfa Semedu, Pitstsi (Servi, 59), Rafa Silva (Jivkovich, 35), Seferovich, Joau Felish (Kastilo, 77).
AYeK –    Barkas, Bakakis, Ikonomu, Chigrinskiy, Xult, Galanopulos, Chosich, Moran (Rodrigo Galo, 77), Klonaridis (Yanniotas, 61), Ponse, Boyye (Mantalos, 68).
Ogohlantirishlar: Diash (37), Xult (73), Galanopulos (82).
Chetlatish: Galanopulos (87).

Bu guruhdagi ikkinchi o‘yin hech qanday ahamiyatga ega emas, jamoalar faqat rasmiyatchilik uchun maydonga tushishdi. AYeK ketma-ket besh mag‘lubiyatdan keyin yevrokuboklarni tark etib bo‘lgan, «Benfika» oxirgi o‘yinda qanday hisobda g‘alaba qozonsa ham, «Ayaks»ni quvib o‘ta olmasdi.

O‘yin oxirida mehmonlar himoyachisi Galanopulos maydondan chetlatildi, bu ustunlikdan mezbonlar unumli foydalanishdi. Grimaldo g‘alaba golini urdi.

Qayd etish kerakki, portugallar o‘tgan mavsumda «MYu», «Bazel» va TsSKA bilan bir guruhda ishtirok etib, bitt ham g‘alabaga erisha olmagan holda guruhda oxirgi o‘rinni egallagandi. Bu safar esa AYeK ustidan ikki uchrashuvda ham g‘alaba va «Ayaks» bilan bir durang qayd etildi.

Tomas Myuller – tentakmi? Amsterdamda qirpichoq o‘yin

G guruhi

«Real»ning «toptalishi». TsSKA turnirni mag‘rur tark etdi

«O‘lim guruhi»da omon qolgan «Liverpul» va tentak «Napoli». YeChLda hayot-mamot o‘yini

«Barsa» «Tottenhem»ning «qulog‘idan tortdi». YeChLda tur o‘yinlari

Quyidagi jamoalar o‘z guruhlari g‘olibi sifatida keyingi bosqichga yo‘l oldi: «Borussiya D», «Barselona», «PSJ», «Portu», «Bavariya», «Manchester Siti», «Real», «Yuventus».

Ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqqan klublar esa quyidagilar bo‘ldi: «Atletiko», «Tottenxem», «Liverpul», «Shalke», «Ayaks», «Lion», «Roma», «Manchester Yunayted».

Uchinchi o‘rin sohiblari esa kurashni Yevropa Ligasida davom ettirishadi: «Bryugge», «Inter», «Napoli», «Galatasaray», «Benfika», «Shaxter», «Viktoriya», «Valensiya».

Musobaqa bilan xayrlashgan jamoalar esa quyidagilar: «Monako», PSV, «Tsrvena Zvezda», «Lokomotiv», AYeK, «Hoffenhaym», TsSKA, «Yang Boyz»

Mavzuga oid