Tomas Myuller – tentakmi? Amsterdamda qirpichoq o‘yin
Chempionlar ligasi guruh bosqichining oxirgi kunidagi eng qiziqarli o‘yin kutilganidek Ukraina poytaxti Kiyevda emas, Niderlandiya poytaxti Amsterdamda bo‘lib o‘tdi.
«Ayaks» – «Bavariya» – 3:3
Gollar: Tadich, 61; Tadich, 82-pen; Talyafiko, 90+5 – Levandovski, 13; Levandovski, 87-pen; Koman, 90.
Ayaks – Onana, Mazraui, de Ligt, Veber, Talyafiko, de Yong, Blind, van de Bek (Dolberg, 78), Ziyosh, Tadich, Neres (Xuntelar, 89).
Bavariya – Noyyer, Rafinya, Zyule, Boateng, Alaba, Gnabri (Alkantara, 62), Kimmix, Gorettska (Sanshesh, 89), Riberi (Koman, 71), Levandovski, Myuller.
Ogohlantirishlar: Kimmix (28), Rafinya (37), de Ligt (40), Blind (63), Talyafiko (90).
Chetlatishlar: Veber (67), Myuller (75).
Oxirgi turgacha keyingi bosqich masalasini hal qilib bo‘lgan ikki jamoa guruh g‘olibini aniqlash maqsadida maydonga tushishdi. Myunxenliklar birinchi o‘rinda qolishi uchun mag‘lub bo‘lmasliklari kerak edi.
Jamoalarning birinchi davrada Myunxenda kechgan uchrashuvida ham durang hisobi qayd etilgan, o‘shanda amsterdamliklar g‘alabaga haqli o‘yin ko‘rsatishgandi.
Bundesligada omadsiz start qayd etgan va ayni vaqtda Dortmundning «Borussiya»sidan 9 ochko ortda qolib, turnir jadvalida uchinchi o‘rinda borayotgan «Bavariya» guruh masalasi hal bo‘lgan bo‘lsada, Amsterdamdagi o‘yinga jangovar tarkibni tushirdi. Bu tarkib o‘yinning ilk daqiqalaridanoq tashabbusni qo‘lga oldi, Serj Gnabri 10-daqiqagacha ikkita gol urishi mumkin edi, ammo u o‘z imkoniyatlaridan foydalana olmadi. Uning birinchi zarbasiga aniqlik yetishmagan bo‘lsa, ikkinchi urinishini raqib darvozaboni Onana bartaraf etdi. Ammo u bo‘lim davomida boshqa bir jamoadoshi gol urishini ta'minladi, uning himoyachilar orasidan o‘tkazib bergan pasidan keyin Levandovski darvozabon bilan yakkama-yakka chiqib borib, osonlik bilan hisobni ochdi.
Tanaffusga «Bavariya» katta ustunlik bilan yo‘l olishi mumkin edi, ammo Riberi va Levandovski qulay vaziyatlarni yo‘qqa chiqardi. Bo‘lim oxirida esa «Ayaks»da hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat paydo bo‘ldi, ammo Noyyer Ziyoshning zarbasini qaytardi.
Ikkinchi bo‘lim voqealarga boy bo‘ldi. Bo‘lim qahramonlari o‘yin hakami Kleman Tyurpen hamda mehmonlar himoyachisi Jyerom Boateng bo‘lishdi. 61-daqiqada Tadich hisobni tenglashtirganidan keyin futbolchilar qizisha boshlashdi. Shundan keyin ikki tomondan bittadan futbolchiga qizil kartochka ko‘rsatildi.
Avvaliga, 67-daqiqada Maks Veber Leon Gorettskani yiqitgani uchun maydondan chetlatildi.
Za życie Panie Wober #AJAFCB pic.twitter.com/LZaox3qTx9
— Bartłomiej (@pedrowsky_13) 12 dekabrya 2018 g.
Hakamning qarori adolatli deyish mumkin, ammo bir kun oldin boshqa bir hakam Damir Skomina «Liverpul» himoyachisi Virjiyl van Deykka bundan ham qo‘polroq harakat uchun sariq kartochka ko‘rsatish bilan kifoyalangandi.
Veberning qo‘polligi uchun qizil kartochka ko‘rsatish kerak bo‘lsa, Myullerning bu harakatlari uchun boshqa rangdagi kartochka joriy etish kerak. Germaniyalik futbolchi o‘yinning 75-daqiqasida JCh-2010 antiqahramonlaridan biri Nayjyel de Yong rejimini yoqdi.
Hujumchi raqib himoyachisi Nikolas Talyafikoning boshiga butsasining ostki qismi bilan zarba berdi.
UHHHHHHHHH!!! Hoy en día se quejan y simulan por cualquier foul los futbolistas. 🤣😅 TREMENDO PLANCHAZO @esmuellert_ 😱🤯 #UCL. pic.twitter.com/9gbGc6QepE
— 100% FICHAJES DE FÚTBOL💰 (@FichajeGoleador) 12 dekabrya 2018 g.
Bu dahshatli zarbadan so‘ng maydonda argentinalik himoyachining boshiga chok tikishdi. Futbolchi o‘yinni davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Myuller esa o‘ziga qizil kartochka ko‘rsatilishidan hayratga tushdi.
Talyafiko maydonda qolgach, o‘z jamoasi darvozasi tomon penalti belgilanishiga ham sababchi bo‘ldi.
Lekin undan oldinroq, 82-daqiqada myunxenliklar himoyachisi Jyerom Boateng jamoasi jarima maydonida Dolbergga qo‘pollik qildi va belgilangan penaltini Dushan Tadich dublni rasmiylashtirdi.
Ko‘p o‘tmay, 87-daqiqada Talyafiko Jyerom Boatengni jarima maydoni ichida yiqitgach, Levandovski penaltidan dublni rasmiylashtirib, hisobni tenglashtirdi.
Ammo mehmonlar durang natijaga qoniqishmadi va oldinga tashlanishdi. 90-daqiqada Koman «Bavariya»ning uchinchi golini urdi. Bu hali hammasi emasdi.
O‘tkazilgan golda o‘zini aybdor his qilgan himoyachi Talyafiko hujumchiga aylandi, Xuntelar raqib jarima maydoniga yorib kirib, to‘pni darvoza qarshisida bo‘sh turgan Talyafikoga uzatdi. Bu to‘pni to‘sishga uringan Niklas Zyule avtogol muallifiga aylandi.
Tagliafico makes it 3-3 in injury time for Ajax! pic.twitter.com/4MkkMqb4ad
— LFC Scout Watch (@Mobyhaque1) 12 dekabrya 2018 g.
Guruhda nemislar birinchi, niderlandlar ikkinchi bo‘ldi.
«Bavariya» va «Ayaks» «Barselona», «Portu» va «Lion» qatorida YeChL guruh bosqichida mag‘lubiyatga uchramagan 5 jamoa ichida bo‘ldi.
Mavzuga oid
10:10 / 11.12.2024
Mbappe gol urdi va jarohat oldi, ammo «Real» bir amalladi. YeChLda kun o‘yinlari
12:28 / 07.11.2024
«Villa» o‘yinida ahmoqona penalti, «Barsa» istagancha gol urmoqda. Kun o‘yinlari
17:00 / 19.10.2024
«Liverpul», «Barsa» va «Yuve» uchun jiddiy sinov. Dam olish kunlarida tavsiya etiladigan 4 uchrashuv
10:40 / 17.10.2024