Jahon | 21:44 / 27.12.2018
12967
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya o‘zi ishlab chiqqan ilk aviabombani sinovdan o‘tkazdi

Turkiyada ilk mahalliy aviabomba MK-84 sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda “Anadolu” axborot agentligi xabar berdi.  

Sinovlar Ko‘nya viloyatidagi HABRAS bazasida o‘tkazilgan. Sinovlar ortidan Turkiya sanoat va texnologiyalar vaziri Mustafo Varank kuzatuv olib borgan.

Ta'kidlanishicha, bir tonnalik aviabomba tovush tezligidan oshib, po‘lat armatura bilan mustahkamlangan, bir metr qalinlikdagi beton nishonni yorib o‘tgan. 

Ma'lum qilinishicha, bombani sinash vaqtida u soatiga 1850 km tezlikkacha tezlashtirilgan. 

Mavzuga oid