Turkmaniston prezidenti samolyotlari haqidagi ma'lumotlar yashirildi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedovning samolyotlari harakatlanishi haqidagi axborot butun dunyo bo‘ylab samolyotlarning harakatlanishini kuzatuvchi Flightradar24 onlayn-servisida boshqa e'lon qilinmayapti. Bu haqda “Xronika Turkmenistana” nashri ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, avvalroq nashr Flightradar24 yordamida Berdimuxamedovning ikkita samolyoti – Boeing 737-7GL (bort raqami EZ-A007) va Boeing 777-22K(LR) (bort raqami EZ-A777) ortidan kuzatgan.
Turkmaniston prezidentining samolyotlari harakatlanishi haqidagi axborot noyabrdan beri yangilanmagan. Flightradar24’da aytilishicha, bu samolyotlar haqidagi ma'lumotlar bloklangan. “Odatda bunday holat samolyot egasi arizasi bo‘yicha yuz beradi”, deb aytilgan servisda.
Nashrning eslatishicha, 2018 yilda prezident samolyotlari Germaniyaga bir qator e'lon qilinmagan parvozlarni amalga oshirgan. Misol uchun, prezidentning Boeing 737-7GL samolyoti iyunda Germaniyaga uch marta qo‘ngan – 10, 14 va 26 iyulda. Samolyot oktyabrda Germaniyaga yana ikki marta qo‘ngan. Biroq Berdimuxamedovning yoki Turkmaniston delegatsiyasining Germaniyaga safarlari haqida rasmiy axborot berilmagan, deb qo‘shimcha qilgan nashr.
Mavzuga oid
16:26 / 12.12.2024
Abdulaziz Komilov Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni bilan taqdirlandi
15:25 / 06.12.2024
Turkmaniston O‘zbekistonga gaz yetkazib berishni ko‘paytiradi
19:33 / 05.12.2024
Turkmaniston O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan bojxona postini foydalanishga topshirdi
18:02 / 05.12.2024