O‘zbekiston | 11:17 / 30.12.2018
18145
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkentdagi yana ikki tuman hokimi lavozimga rasman tasdiqlandi

Xalq deputatlari Yakkasaroy va Uchtepa tuman kengashlarining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lum qildi.

Sessiyalarda tashkiliy masala ko‘rildi.

Yakkasaroy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Shamuratov va Uchtepa tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Shuhrat Atamuhamedov hokim etib tayinlandi.

Baxtiyor Abduvohidovich Shomurodov 

Baxtiyor Abduvaxitovich Shomurodov 2018 yilning oktabr oyi boshida Yakkasaroy tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. U Chilonzor tumani hokimligiga o‘tkazilgan Sarvar Toshmatovich Mahametov o‘rnini egallagandi.

Ma'lumot uchun, Baxtiyor Shomurodov 1978 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1999 yil Toshkent davlat agrar universiteti va 2002 yil Soliq akademiyasini tamomlagan. 2017-2018 yillarda - Sergeli tumani hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, 2018 yil - Toshkent shahar Turizmni rivojlantirish departamenti direktori bo‘lib ishlagandi.

Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuxamedov

2016 yil fevralidan buyon «O‘zbekiston pochtasi» AJ bosh direktori sifatida ishlab kelgan Shuhrat Maxamadnazimovich Atamuhamedov joriy yilning 12 may kuni Toshkent shahrining Uchtepa tumaniga hokim etib tayinlangandi. U joriy yilning 18 aprel kuni Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligiga o‘tkazilgan Shavkatbek Ergashev o‘rnini egallagandi.

Shuhrat Atamuxamedov 1975 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent elektrotexnika aloqa instituti va O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. «O‘zbekiston pochtasi» AJ bosh direktori lavozimidan avval O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamenti Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalalari sho‘'basining mudiri bo‘lib ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning 7 iyulida Toshkent shahridagi barcha tumanlar hokimlari bir kunda ishdan olinib, vazifani bajaruvchi sifatida lavozimga qayta tayinlangandi. Dekabr oyi oxirida shahardagi tumanlar hokimlari birin-ketin lavozimlariga rasman tayinlana boshlandi.

Mavzuga oid