Jahon | 22:01 / 02.01.2019
7758
2 daqiqa o‘qiladi

Orxideyaning yangi turi aniqlandi

Foto: The English Garden

Avstriyalik botanik Anton Zider Madagaskarda yangi, o‘tkir hidli orxideya turini aniqladi, deya ma'lum qiladi National Geographic.

Foto: The English Garden

Olim o‘z topilmasini Qirollikning Kyu botanika bog‘iga topshirgan. Orxideya suratlari va uning spirtlangan nusxasi Qirolliq botanika bog‘i ilmiy xodimi Yoxan Xermans tomonidan o‘rganib chiqildi. 

U Cynorkis christae nomini olgan o‘simlik ilm-fan uchun yangi ekanini tasdiqladi. “Bu haqiqiy topilma, - dedi Yoxan. – Ushbu orxideyaning ajralib turuvchi tomoni uning shampan hidiga o‘xshash shirin ifori hisoblanadi”. 

Cynorkis christae o‘simligining gullari yirik. Ularning aksariyati – oq rangda, yuqori barglari esa yorqin-bordo rangida. 

Foto: The English Garden

“Bu orxideya avvalroq topilmaganiga hayronman, - deydi Yoxan. – Ehtimol, bunga uning chekka hududda o‘sishi sababdir”. Boz ustiga, gulni faqat bir oy davomida ko‘rish mumkin – o‘simlik faqat yomg‘irlar mavsumida gullaydi”.

Mavzuga oid