Light | 20:05 / 02.01.2019
97074
2 daqiqa o‘qiladi

Qorindagi yog‘dan xalos bo‘lishning tezkor usuli haqida ma'lum qilindi

Daniyalik olimlar qorindagi yog‘dan maksimal darajada tez xalos bo‘lish usulini aniqlashdi. Kopengagen Universiteti mutaxassislarining fikricha, buning uchun haftasiga uch marta velotrenajyor aylantirish kerak bo‘ladi. MedicalXpress'da shu haqida ma'lum qilindi. 

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun holdan toyguncha mashq qilish shart emas, velotrenajyorda 45 daqiqa davomida mashq qilishning o‘zi kifoya. 

Mutaxassislar jismoniy mashqlardan maksimal foyda olish uchun dukkakli mahsulotlar, qo‘ziqorinlar, meva va sabzavotlar, shuningdek "yurak parhezi" tarkibiga kiruvchi boshqa oziq-ovqat mahsulotlarini iste'mol qilishni tavsiya qilishmoqda. 

Biroq yog‘larning parchalanish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtirishi mumkin bo‘lgan omillar ham bor. Gap ozishda katta rol o‘ynovchi Interleykin-6 signal molekulasi haqida bormoqda. 

Aniqlanishicha, revmatoid artritga qarshi dori vositalarini qabul qiluvchi odamlarda ushbu molekula faoliyati bloklangan bo‘ladi. 

Butun dunyo olimlari odamlarning fast-fudga bo‘lgan qiziqishi va o‘tiruvchan hayot tarzidan xavotirdalar, zero bu ortiqcha vaznli kishilar sonining oshishiga olib keladi. Ortiqcha vazn yurak-qon tomir kasalliklari, shuningdek diabetni keltirib chiqarishi mumkin. 

Mavzuga oid