Jahon | 20:21 / 08.01.2019
19003
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Bosfor ko‘rfazini yopib qo‘ydi

Foto: Xinhua, Globallookpress

8 yanvarda Turkiya mahalliy vaqt bilan soat 9.50 atrofida yomon ob-havo sharoiti sababli Bosfor ko‘rfazini kemalar o‘tishi uchun yopib qo‘ydi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi. 

Turkiya kemalarning ko‘rfaz orqali harakatlanishi qachon tiklanishi bo‘yicha hozircha biror prognoz bera olmasligini aytgan.

Bosfor va Dardanella ko‘rfazlari Qora dengizdan neft va g‘alla eksporti uchun muhim tranzit nuqtalari hisoblanadi. Bu ko‘rfazlar orqali har yili 120 mln tonnadan ko‘proq neft va neft mahsulotlari olib o‘tiladi. Ko‘rfazlar yopilishi Rossiya, Qozog‘iston va Ozarboyjondan neft yetkazilishida to‘xtashlarga olib keladi.

Mavzuga oid