Light | 10:57 / 11.01.2019
17422
2 daqiqa o‘qiladi

Olimlar ortiqcha vazn va miya o‘lchami o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi 

Foto: Getty Images

Lafboro universiteti olimlari (Buyuk Britaniya) tajribaviy yo‘l bilan insonda ortiqcha vazn mavjudligi va uning miyasi massasi o‘rtasida bog‘liqlik borligini aniqlashdi. Bu tadqiqot bilan EurekAlert nashri bo‘lishdi. 

Olimlar yoshi 55 dan katta 9652 kishining beli va soni nisbatini o‘lchab, sinaluvchilar organizmidagi yog‘ foizini hisoblab chiqishdi. Ulardan 20 foizida yog‘ qatlamlari hisobiga ortiqcha vazn borligi aniqlangan. Bundan tashqari, sinaluvchilardan tajribadan oldin yoshi, qon bosimi, jismoniy faollik darajasi va chekishga munosabati haqidagi ma'lumotlar olingan. 

So‘ngra magnit-rezonans tomografiya yordamida sinaluvchilarning miyasidagi kulrang va oq moddalar miqdori aniqlangan.

Tajribaning amaliy qismida ortiqcha vaznga ega sinaluvchilarda miyaning katta yarimsharlari qobig‘ida kulrang modda miqdori kamroqligi yaqqol ko‘ringan. Aynan kulrang modda organizmning harakat faolligi, nutq, xotira, hissiy qabul qilish, eshitish va ko‘rishi nazorati uchun javob beradi.   

Avvalroq shunday tajribalar yordamida bolaligida mehr-muhabbat ko‘rmaganlar va tan jazosiga uchraganlarda kulrang modda miqdori kamligi aniqlangandi.   

Mavzuga oid