Jahon | 11:24 / 12.01.2019
10054
1 daqiqa o‘qiladi

MRB sobiq rahbari AQSh davlat kotibi Pompeoga tanbeh berdi

Foto: Global Look Press/ZUMA/Alex Edelma

MRB sobiq rahbari Jon Brennan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeoni tanqid qildi, bunga uning Qohirada qilgan ma'ruzasida sobiq prezident Barak Obama haqidagi salbiy so‘zlari sabab bo‘ldi. Bu haqda MediaIte xabar qilmoqda.

Aniqlik kiritilishicha, Pompeo Obamaning terrorizmga bo‘lgan munosabati, shuningdek, uning tashqi siyosati haqida salbiy fikrlarni bildirgan.

«Mening o‘ylashimcha, Mayk Pompeo Qohirada aytgan gaplaridan uyalishi kerak. U musulmonlar dunyosi oldida sobiq prezidentni haqorat qildi», - deya ma'lum qilgan Brennan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pompeo Ukrainada mustaqil cherkov tashkil etilganini «tarixiy yutuq» deb atagandi.

Mavzuga oid