Jahon | 08:55 / 14.01.2019
6819
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh senatori Trampga shatdaun bo‘yicha maslahat berdi

Foto: AFP

Amerikalik respublikachi senator Lindsi Grem AQSh prezidenti Donald Trampga hukumat ishini vaqtinchalik tiklashni maslahat berdi. Bu haqda Fox News xabar qilmoqda.

Gremning fikricha, shatdaunni vaqtinchalik bekor qilish Trampga Meksika bilan chegarada devor qurishni moliyalashtirish bo‘yicha muzokaralarda muvaffaqiyatga erishishga yordam berishi mumkin.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, Tramp AQShda chegaradagi inqiroz tufayli favqulodda holat rejimini joriy etishi mumkin.

Gremning ta'kidlashicha, AQSh hukumati ishini qayta tiklash favqulodda holat rejimi joriy etilishini kechiktirish imkonini yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShdagi shatdaun tarixdagi eng uzog‘iga aylangandi.

Shanbaga o‘tar tunda (Toshkent vaqti bilan soat 09:00) shatdaunning 22-kuni boshlandi. Amerika hukumati ishi 2018 yil 22 dekabrda to‘xtab qolgandi.

Mavzuga oid