Sport | 16:30 / 15.01.2019
10010
2 daqiqa o‘qiladi

Petr Chex futbolchilik faoliyatini yakunlashini e'lon qildi

«Arsenal» darvozaboni Petr Chex joriy mavsum yakunida futbolchilik faoliyatini yakunlaydi. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali e'lon qilgan. 

«Bu mening professional futbolchi sifatidagi 20-mavsumim. Men ilk shartnomamni imzolaganimdan buyon 20 yil vaqt o‘tdi. Hozir futboldan ketishi haqida e'lon qilishning ayni payti. APLda 15 yil va men ko‘plab sovrinlar yutib oldim. Men endi o‘zim istagan natijalarga erishdim. Men qolgan vaqt davomida „Arsenal“ uchun mehnat qilishda davom etaman, bu jamoa bilan yana bir sovrin yutib olishni istayman. Meni hali maydonda nimalar kutayotganini bilishni istayman», — deb yozgan ayni vaqtda 36 yoshda bo‘lgan chexiyalik darvozabon tvitterida.

Chex Chexiya terma jamoasi uchun 124 o‘yin o‘tkazgan. U qatorasiga 4ta Yevropa chempionatida (2004, 2008, 2012, 2016) va bir jahon chempionatida (2006) terma jamoaning asosiy darvozaboni sifatida harakat qilgan.

U joriy mavsumda Angliya chempionatida 7 o‘yinda maydonga tushdi.

Chex «Chelsi» va «Arsenal»dagi faoliyati davomida 4 marta Angliya chempionligi, 5 marta Angliya Kubogi, 4 marta Angliya Ligasi Kubogi, 4 marta Angliya Superkubogi sohibi bo‘lgan. U «Chelsi» bilan bir martadan Yevropa Chempionlar ligasi hamda Yevropa Ligasida g‘olib chiqqan.

Mavzuga oid