Jahon | 18:37 / 16.01.2019
5381
1 daqiqa o‘qiladi

Kamerunda qurollangan jangarilar 36 kishini o‘g‘irlab ketishdi

Foto: AFP / Martin Van der Belen

Kamerun janubi-sharqida qurollangan jangarilar 36 kishini o‘g‘irlab ketishdi, deb xabar berdi Journal du Cameroun nashri.

Nashrning bildirishicha, jangarilar Kumba shahri bilan Buea shahrini bog‘lovchi yo‘lda ikkita avtobusni to‘xtatishgan hamda yo‘lovchilarning hujjatlarini yig‘ib olib, o‘zlarini butazor tomonga olib ketishgan. Avtobus haydovchilariga esa Kumba shahriga qaytib ketishni buyurishgan.

Ayni paytda yo‘lovchilarning qayerda ekanligi noma'lum, ularni qidirish ishlari davom etmoqda.

Kamerunda keyingi vaqtda jinoyatchilik bilan bog‘liq vaziyat yomonlashdi. Ilgari tinch deb hisoblangan hududlarda ham talonchilik va o‘g‘irlik holatlari kuchaygan.

Mavzuga oid