Jamiyat | 22:39 / 18.01.2019
9117
6 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2018 yildagi faoliyati sarhisob qilindi

Foto: O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi/Rustam Nazarmatov

Bugun “Yoshlar press klubi”da O‘zbekiston yoshlar ittifoqining 2018 yildagi faoliyati sarhisobiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun o‘tkazilgan brifingda Markaziy Kengash raisining birinchi o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev yillik sarhisob yuzasidan batafsil ma'lumot berdi.

Chunonchi, Ittifoq qoshida yoshlar tashabbuslari asosida 26 ta turli yo‘nalishdagi tashkilotlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, Yosh ijodkorlar kengashi, Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi, Yoshlarga ijtimoiy-psixologik xizmat ko‘rsatish markazi, Yoshlar nashriyot uyi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, Yosh dizaynerlar kengashi, Yoshlar fermerlar kengashi, Yosh olimlar kengashlari shular jumlasidan.

27 iyun kuni Davlatimiz rahbarining “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-sonli farmoni qabul qilinib, bunga muvofiq “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi faoliyatining yo‘lga qo‘yilgani, “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasidan imtiyozli kredit olib, o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan yosh tadbirkorlarga 1 ming 66 nafar yosh fermerga 52 milliard so‘m, yosh tadbirkorlarning 4 ming 300 ta loyihasiga 226,6 milliard so‘m, jami 278,6 milliard so‘m 13 foizlik imtiyozli kreditlar ajratilishi ta'minlandi.

Birinchi bor 30 iyun – “Yoshlar kuni” yurtimizda nishonlandi Unda 3 millionga yaqin yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, ilk bor “Mard o‘g‘lon” Davlat mukofoti hamda “Kelajak bunyodkori” medallariga tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan 42 nafar yigit-qizga topshirildi. 41 nafar yosh “O‘zbekiston belgisi” ko‘krak nishoniga loyiq topilib, mukofot bilan taqdirlangan bo‘lsa, yil davomida alohida faollik ko‘rsatgan 17 nafar yoshlar “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mukofoti”ni qo‘lga kiritgani, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida tashkil etilgan Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutida 500 nafarga yaqin tinglovchi tahsil olib, malaka oshirishga muvaffaq bo‘lgani birgina mana shu o‘tgan 2018 yildagi yutuqlarning debochasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yana bir jihat O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qilish organlari tizimida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yilib, harbiylar va tizimdagi yosh xizmatchilarning O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga a'zo bo‘lish mexanizmining huquqiy asosi yaratildi. 2018-2021 yillarda qurilishi rejalashtirilgan 8 ming 600 ga yaqin ko‘p qavatli “Yoshlar uylari”dan 848 tasining kaliti yosh oilalarga topshirilishi,

O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi faoliyati tashkil etilib, xorijda ishlayotgan, tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni ijtimoiy himoya qilish mexanizmi yaratildi.

Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida “O‘zbekiston-Rossiya yoshlar forumi” hamda 27-31 oktabr kunlari “O‘zbekiston-Rossiya yoshlar festivali” yuqori saviyada tashkil etildi.

Xorijiy davlatlarda ta'lim olayotgan va mehnat qilayotgan, asli kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan yoshlarda ishtirokida 7-14 aprel kunlari “Yosh vatandoshlar” festivali o‘tkazilib, unga 18 ta davlatda istiqomat qiluvchi 56 nafar yosh vatandoshlarimiz ishtirok etdi.

8-18 may kunlari Yoshlar ittifoqining ko‘magi asosida mamlakatimizning yosh kinoijodkorlari Fransiyada o‘tkazilgan 71-Kann Xalqaro kinofestivalida ishtirok etib, unda ilk bora “Uzbekistan” milliy pavilonini tashkil etdi.

26-30 iyun kunlari Toshkent va Samarqandda “Markaziy Osiyo yoshlar forumi” yuqori saviyada o‘tkazildi.

Xitoyning Tsindao shahrida Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a'zo davlatlarning Yoshlar kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyasi ishtirok etib, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi mazkur kengashga rasman a'zo bo‘lib kirdi.

Rossiya yoshlar ittifoqining taklifiga binoan 1-7 oktabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Moskva, Astraxan va Volgograd shaharlarida o‘tkazilgan “III  Rossiya – O‘zbekiston yoshlar forumi” hamda 2-14 oktabr kunlari Belgorod shahrida o‘tkazilgan “Rossiya – O‘zbekiston yoshlar biznes inkubatori” tashkil etilib, ularda O‘zbekiston yoshlar ittifoqining delegatsiyasi a'zolari (jami 30 nafar) ishtirok etdi.

Termizdagi “Amudaryo” oromgohida Markaziy Osiyo yoshlarining “Do‘stlik forumi” o‘tkazildi.

Shuningdek, yosh kinoijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xorijlik malakali mutaxassislar bilan tajriba almashishlariga imkoniyat yaratish maqsadida 27-30 noyabr kunlari IV “PROlogue” xalqaro kinofestivali bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan 2018 yilda ko‘plab istiqboli loyihalar amalga oshirildi. Bu ezgu ishlar joriy 2019 yilda ham izchillik bilan davom ettiriladi.

Shuningdek, birifing ishtirokchilari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tizimidagi tashkilotlarning 2018-yildagi faoliyati bo‘yicha maxsus ko‘rgazmasi tashkil qilindi.

 

Mavzuga oid