Tramp shatdaun bo‘yicha ultimatum qo‘ydi
AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Meksika bilan chegarada devor qurish uchun pul ajratilsa, shatdaunni to‘xtatadigan budjet qonunini ko‘rib chiqadi. Bu haqda Reuters Oq uy matbuot kotibi Sara Sandersning bayonotiga asosan xabar bermoqda.
Sandersning ta'kidlashicha, budjet qonunida devor qurish uchun «katta avans to‘lovi» kafolatlanishi kerak.
Shuningdek, Oq uy matbuot kotibining qo‘shimcha qilishicha, senatorlar hozirgi vaqtda shatdaunni to‘xtatish uchun budjet to‘g‘risida kelishuvga erishishga intilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, uch hafta ichida AQShda budjet tashkilotlari moliyalashtirilishini tiklash rejalashtirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq WP AQSh respublikachilar partiyasi nimaga aylanganini so‘zlab bergandi.
Mavzuga oid
22:06 / 02.12.2024
Tramp va qudalar: yahudiy quda elchi, livanlik quda maslahatchi bo‘ladi
11:30 / 23.09.2024
AQSh Kongressida shatdaunning oldini olish uchun loyiha taqdim etildi
09:02 / 09.03.2024
AQSh qisman shatdaunning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi
12:17 / 18.11.2023