Jahon | 12:10 / 27.01.2019
5314
1 daqiqa o‘qiladi

Filippinda cherkovdagi portlashlarda 27 kishi halok bo‘ldi  

Foto: WESMINCOM Armed Forces of the Philippines Via AP

27 yanvar ertalab Filippinning Xolo orolidagi katolik cherkovda portlashlar sodir etildi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, portlashlar oqibatida 27 kishi halok bo‘lgan, 77 kishi jabrlangan. Bu haqda Rappler mahalliy portali xabar berdi. 

Ma'lum qilinishicha, birinchi portlovchi qurilma Sulu viloyatidagi cherkovga kirish joyida, ikkinchisi cherkov ichida portlagan.  

Ta'kidlanishicha, qurbonlardan 20 nafari fuqarolar, 7 nafari harbiylar bo‘lgan.

Ayni vaqtda hujum uchun javobgarlikni hech kim zimmasiga olmagan.

Mavzuga oid