Jahon | 08:24 / 28.01.2019
5898
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Mey «qattiq» Brexit’ga bormaydi

Foto: REUTERS

Buyuk Britaniya hukumatidagi manbaning aytishicha, mamlakat bosh vaziri Tereza Mey vazirlar mahkamasi a'zolariga «qattiq» Brexit’ga yo‘l qo‘ymaslikni va'da bergan. Bu haqida The Sun yozmoqda.

Manba so‘zlariga ko‘ra, Mey mamlakat Yevroittifoq tarkibidan chiqishi bo‘yicha kelishuvning bo‘lmasligi yo‘lidan bormaydi. Shu bilan birga, bosh vazir tegishli bayonot berishga ham tayyor emas, sababi bu uning Bryussel bilan muzokaralarda pozitsiyasini zaiflashtiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meyning Brexit bo‘yicha rejasi tafsilotlari ma'lum bo‘lgandi.

Mavzuga oid