O‘zbekiston | 09:15 / 30.01.2019
13251
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

O‘zbekistonda birinchi rasmiy “Shell” xizmat ko‘rsatish markazi ochildi

2018 yilning 1 noyabrida “Oil Group Uzbekistan” korxonasi Shell korxonasining rasmiy makro distribyutori Global Trade Co bilan shartnoma imzoladi va Shellning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutoriga aylandi. Ushbu hamkorlik tufayli O‘zbekistonda birinchi marotaba “Shell“ moylash vositalarini sotish va almashtirish bo‘yicha rasmiy xizmat ko‘rsatish markazi ochilmoqda.

30 yanvar 2019 yil, Toshkent — 2019 yilning 30 yanvarida faqatgina asl Shell mahsulotlari bilan ishlaydigan birinchi rasmiy moy almashtirish (avtomobillarga xizmat ko‘rsatish) shoxobchasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.

Shell konsernining faoliyati neft va gaz sohasi bo‘yicha geologiya-razvedka va energiya resurslaridan boshlab, tayyor mahsulot sotish va innovatsion texnologiyalarni yaratish kabilarni qamrab oladi. Shell brendi dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida iste'molchilarni yuqori sifatli motor moylari bilan ta'minlovchi dunyoning 1-sonli moylash vositalari yetkazib beruvchisidir.

Shellning O‘zbekistondagi birinchi markazida avtomobil haydovchilari uchun yechimlar taklif qilingan: yengil avtomobillar uchun Shell Helix moylar to‘plami va yengil yuk mashinalari, yuk mashinalari uchun dvigatelni kuchaytirilgan dinamik himoyalovchi texnologiyasiga asoslangan Shell Rimula moylar to‘plami.

Shell Helix moylari Amerikaning Sequence VG usuliga asoslangan minglab motosoat sinovlaridan o‘tkazilgan: motorlar maxsus stendlarga o‘rnatiladi va turli dasturlar bo‘yicha sinovdan o‘tkaziladi. Mahsulot eskirish va porshenlarda to‘planadigan vositalar, kulachokli taqsimlovchi valning ishqalanishi, zanglash va podshipniklarning eskirishi, yoqilg‘ini tejash hamda dvigatelning qismlarida himoya plyonkasini hosil qilish imkoniyati bo‘yicha sinovlardan o‘tadi.

Shell Rimula moyi benzinli va dizelli dvigatellar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, qiyin sharoitlarda yuqori yo‘l bosish va yuklamalarni inobatga olgan holda foydalanish uchun ishlab chiqilgan. Ular samarali ravishda yedirilishga chidamli bo‘lib, texnik xizmat ko‘rsatishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi va yoqilg‘ini tejaydi.

“G‘amxo‘r haydovchi har doim asl, yuqori sifatli moylarni tanlaydi, chunki bu motorning uzoq va ishonchli ishlashi garovidir. Soxta mahsulot ishlab chiqaruvchilar arzon tarkibiy qismlar, hatto ishlatilgan moylash vositalaridan foydalanishadi, bu esa dvigatelning tez-tez ishdan chiqishi va qimmat bo‘lgan ta'mirlashlardan foydalanishga sabab bo‘ladi. Shellning rasmiy vakili sifatida biz motor moylarimizning aslligini kafolatlaymiz. Oil Group Uzbekistan ustalari (mutaxassislari) Shellning Yevropadagi eng yirik xizmat ko‘rsatish markazlarida amaliyot o‘tamoqdalar va o‘taydilar, va sizning avtomobilingiz turi, ishlab chiqarilgan yili va ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda moylash vositalarini tanlay oladilar. Yaqin kelajakda Shellning xorijiy mutaxassislari tomonidan master-klasslarni O‘zbekistonda o‘tkazishni tashkillashtirishni rejalashtiryapmiz”, - deydi Shell xizmat ko‘rsatish markazining menejyeri Vladimir Umarov.

Avtomobillarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha rasmiy markaz Yunusobod tumani, Yunus-Ota ko‘chasi, 19 dahada joylashgan. Mo‘ljal: “ Uzmaloil “ yoqilg‘i quyish shoxobchasi, “Avtoritet” do‘koni.

Markaz ochilishi munosabati bilan 2019 yilning fevral oyi oxirigacha avtomobil moylarini almashtirish bo‘yicha xizmatlar bepul amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Shell xizmat ko‘rsatish markazi mutaxassislari har bir tashrif buyuruvchiga Shell savdo belgisining moylovchi mahsulotlari xususiyatlari va afzalliklari to‘g‘risida ma'lumot beradilar.

Rasmiy "Shell" xizmat ko‘rsatish markazi:
+998 (98) 117-87-11
www.premium-oil.uz

Oil Group Uzbekistan bosh ofisi:
+998 (78) 148-11-48
www.oilgroup.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid