O‘zbekiston | 16:01 / 04.02.2019
57839
2 daqiqa o‘qiladi

«Xorazm Beklari» ishi Bosh prokuratura nazoratiga olindi

Xorazm viloyati, Urganch shahrida mahalliy tadbirkorga tegishli bo‘lgan «Xorazm Beklari» nomli ko‘p qavatli mehmonxona buzib tashlangani yuzasidan ma'lumot Bosh prokuratura tomonidan tekshirilmoqda.

Bosh prokuraturadagi manbaning Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, ushbu ish nazoratga olingan va tekshiruv ishlari yakunlangach, natijalar ma'lum qilinadi.

Yanvar oyida Kun.uz saytida «Xorazm Beklari» yakson etildi. 6,5 mlrd so‘m kredit olib mehmonxona qurgan tadbirkorning binosi hokimiyat tomonidan buzib tashlandi» sarlavhali material e'lon qilingan, unda bankdan 6,5 milliard so‘m miqdorida kredit olib, birinchi qavati restorandan iborat ko‘p qavatli mehmonxona binosi qurgan, lekin qurilishlari hokimlik tomonidan buzib tashlangan tadbirkorning muammolari bayon etilgandi.

Qayd etish kerakki, bu voqea 2018 yilning dekabrida ro‘y bergan, ammo bu haqda internetda, 2019 yilning yanvarida material berilmagunicha tegishli davlat muassasalari,  xususan, shahar yoki viloyat prokuraturasi bu masalaga jiddiy e'tibor qaratmagan.

Mavzuga oid