Jahon | 22:49 / 05.02.2019
4255
1 daqiqa o‘qiladi

BMTda dengizdagi jinoyatlar ko‘lami oshganidan xavotir bildirildi

Foto: RIA Novosti

Oxirgi yillarda dengizdagi jinoyatlar ko‘lami va turlari ko‘paymoqda va jahon hamjamiyati bunga qarshi qat'iyroq choralarni ko‘rishi lozim.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda BMTning giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi boshqa davlatlar bilan Adan ko‘rfazida kemalarga hujum qilish, muhojirlarni tashish va terrorchilarni ta'minlash masalalari bo‘yicha hamkorlik qiladi.

Shuningdek, boshqarma Atlantika okeanida kokain, Hind okeanida esa geroinning noqonuniy aylanmasi, Sulavesi dengizida odamlarni pul olish maqsadida o‘g‘irlash, Atlantika, Hind va Tinch okeanlarida noqonuniy ov qilishga qarshi kurash olib boradi. Boshqarma zimmasidagi yana bir muhim masala O‘rta yer dengizida muhojirlarni tashish hisoblanadi.  

Shu munosabat bilan tegishli choralar ko‘rishga qaror qilingan.

Mavzuga oid