Aqto‘beda buzilib qolgan avtobusdan 51 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi
Bugun, 10 fevral kuni Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti hududida, «Samara-Chimkent» avtoyo‘lining 668-kilometrida Setra rusumli yo‘lovchi avtobus buzilib qoldi.
Zakon.kz nashri ma'lumotiga ko‘ra, Favqulodda holatlar departamentining tezkor qutqaruv otryadi voqea joyiga yetib kelgan va avtobusdagi 52 nafar kishini evakuatsiya qilib, ularni Sarito‘qay posyolkasidagi «Jolserik» lageriga joylashtirgan. Qutqarilganlarning 51 nafari O‘zbekiston fuqarolaridir.
Qayd etilishicha, evakuatsiya qilinganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga zarurat bo‘lmagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftalarda ikki marta O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan yo‘lovchi avtobuslari yo‘llarda to‘xtab qolishi kuzatildi.
Kazgidromet saytidagi ma'lumotlarga ko‘ra, 8 fevral kuni Qozog‘iston shimolida havo harorati kechasi 40 darajagacha sovishi, kunduzi qor bo‘roni bo‘lishi kutilmoqda. Janubi-sharqiy shamol 15−20 m/s tezlikda esib, ayrim joylarda 25 m/s ga qadar kuchayadi.
Sharqiy, shimoliy va markaziy Qozog‘istonda havo harorati kechki vaqtlarda 45 daraja sovuq, janubda esa 30 daraja sovuq bo‘lishi prognoz qilingan. Hududlarda qor bo‘roni, tuman va muzlash ro‘y berishi mumkin.
Qayd etilishicha, bu yil qish so‘nggi yetti yilda ichida eng sovug‘i bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamenti fuqarolarni Qozog‘istonga safar qilishda qo‘shni mamlakatning ayrim hududlarida havo harorati keskin tushib ketganini hisobga olishga chaqirgan.
Mavzuga oid
19:17
Ozarboyjon samolyoti Rossiya raketasi sababli halokatga uchragan – Euronews
16:55
Qozog‘istondan O‘zbekistonga neft mahsulotlari tashiladigan maxfiy tunnel topildi
22:27 / 25.12.2024
Mustaqil Qozog‘iston tarixidagi eng yirik aviahalokatlar sanab o‘tildi
21:32 / 25.12.2024