Jahon | 19:24 / 15.02.2019
8005
1 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko saylov kampaniyasiga 2,5 mln dollardan ortiq pul sarflab bo‘ldi

Foto: RIA Novosti

Ikkinchi marta davlat rahbari lavozimiga nomzodini qo‘ygan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko saylov kampaniyasiga 70 million griven (2,5 million dollardan ortiq) mablag‘ sarfladi, u kampaniyani o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirmoqda. Bu haqda prezident shtabi vakili Oleg Medvedev ma'lum qildi.

"Ayni paytda kampaniya uchun 70 million griven sarflandi. Jami qancha mablag‘ sarflanishi hozircha aniq emas", - dedi Medvedev. Uning so‘zlariga ko‘ra, Poroshenko o‘z saylov kampaniyasini o‘zi moliyalashtirmoqda.

Ukraina prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi. Prezidentlikka jami 44 kishi o‘z nomzodini qo‘ygan. 

Mavzuga oid