Jahon | 21:33 / 18.02.2019
5006
1 daqiqa o‘qiladi

Ilk bor ayol kishi Iroq Kurdistoni parlamentiga spiker etib saylandi

Kurdiston demokratik partiyasi deputati Vala Farid Iroq Kurdistoni parlamentiga spiker etib saylandi. Rudaw telekanalining xabar berishicha, u Kurdiston tarixida ushbu lavozimni egallagan ilk ayol bo‘ldi.

Xabarda aytilishicha, Faridning nomzodi uchun 111 nafar deputatdan 64 nafari ovoz bergan.

Iroq Kurdistoni – Iroq tarkibidagi Kurd muxtor tumanining norasmiy nomlanishi. Uning yuridik maqomi Iroq konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan. Mazkur tumanda etnik kurdlar istiqomat qiladi.

Mavzuga oid