Jahon | 10:35 / 18.02.2019
20952
2 daqiqa o‘qiladi

IShID jangarilari roliklarining «ovozi» qo‘lga olindi

Foto: REUTERS

«Suriya Demokratik kuchlari» Suriya qurollangan muxolifatining jangarilari respublika hududida IShID targ‘ibot roliklariga ingliz tilida ovoz bergan jangarini qo‘lga oldi. Bu haqda The New York Times xabar bermoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘lga olingan shaxs - asli kelib chiqishi afrikalik bo‘lgan 35 yoshli Kanada fuqarosi Muhammad Xalif. Taxminlarga ko‘ra, u bir necha o‘nlab audio va videoyozuvlarga, jumladan, garovga olingan shaxslarning jangarilar tomonidan o‘ldirilishi tasvirlangan kadrlarga ovoz bergan.

Yozuvlarga Xalifa tomonidan ovoz berilgani haqida uch mustaqil ekspert va AQSh rasmiy shaxsi ma'lum qildi. Ularning qayd etishicha, IShID jangarilariga ingliz tilida aksensiz gapira oladigan kishilar kerak bo‘lgan. Xalifaning gazetaga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, bu ishidan afsuslanmaydi. Ayni paytda u Suriyada qamoqda saqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BMTda IShIDning moliyaviy zaxiralari haqida ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid